Предыдущая публикация
ga
Go'zalim hammadan go'zalsan,
Shirinsan, shakarsan, asalsan,
Sevgiga bitilgan g'azalsan,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Qomating navbahor niholi,
Yuzlaring gullarning jamoli,
Lablaring gul g'uncha misoli.
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Termulib to'ymayman yuzingga,
Aslo ko'z tegmasin ko'zingga,
Erkalik yarashgan o'zingga,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Kulishing o't yoqar jonimga,
Tug'yonlar sig'maydi qonimga,
Bir nafas o'ltirgin yonimga,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Bilaman bir kuni ketarsan,
O'zga bir manzilga yetarsan.
Gulingni kimgadir tutarsan,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Sen faqat yoshliging unutma,
Bag'ringni toshligin unutma,
Zor qolgan oshig'ing unutma,
Bahorda tug'ilgan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев