570061062370

SEGA OSHUQMAN

Ahad qayum gurupasi Whatsap tergram viber +79656532122
..........ga Go'zalim hammadan go'zalsan, Shirinsan, shakarsan, asalsan, Sevgiga bitilgan g'azalsan, Bahorda tug'ilgan bahorim. Qomating navbahor niholi, Yuzlaring gullarning jamoli, Lablaring gul g'uncha misoli. Bahorda tug'ilgan bahorim. Termulib to'ymayman yuzingga, Aslo ko'z tegmasin ko'zingga, Erkalik yarashgan o'zingga, Bahorda tug'ilgan bahorim. Kulishing o't yoqar jonimga, Tug'yonlar sig'maydi qonimga, Bir nafas o'ltirgin yonimga, Bahorda tug'ilgan bahorim. Bilaman bir kuni ketarsan, O'zga bir manzilga yetarsan. Gulingni kimgadir tutarsan, Bahorda tug'ilgan bahorim. Sen faqat yoshliging unutma, Bag'ringni toshligin unutma, Zor q
МЕНИ СОҒИНМАДИНГМИ?! Осмон титраб чақмоқ чақар, Юрагимни чаён чақар, Нафасимдан олов чиқар, Мени соғинмадингми? Севги бошга бало бўлди, Кўз ёшларим дарё бўлди, Бу қандайин жазо бўлди, Мени соғинмадингми? Сен учун қонлар ютдим-ай, Умрбод сени кутдим-ай, Дунёдан ёлғиз ўтдим-ай, Мени соғинмадингми? Қуёш кўрмаган қишмисан, Лойи пишмаган ғиштмисан, Шунчалар бағри тошмисан, Мени соғинмадингми? Чил-чил синиб сабр косам, Ў зим сени излаб борсам, Қумлар босган қабринг топсам, Мени соғинмадингми? Бормикан азобнинг нархи, Аҳадга йўқ бунинг фарқи, Ўша соф муҳаббат ҳаққи, Мени соғинмадингми? Осмон титраб чақмоқ чақар, Юрагимни чаён чақар,
Ilmu tafakkurdan dilga yo'l ochgan, Qalblarga beminnat mehrini sochgan, Go'yo quyosh tafti yuzida ko'chgan, Siz sabab har mahal baland parvozim, Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim! Shogirdlar kamolin o'ylab tunu kun, Halovat bilmasdan bag'rin etib xun, Kelajak avlodning taqdiri uchun, Jonin ayamagan bo'lganda lozim, Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim! Kim uchun dunyoda shuhrati aziz, Kimgadir haq yo'lda zahmati aziz, Sizga-chi el-yurtning rahmati aziz, Mudom baland erur sizga e'zozim, Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim! Zulmatda shamchiroq yo'lni yoritar, Ilm har lahzada bizga kor etar, Intilganga doim omad yor etar, Ko'zim olisdadir qo'limda sozim,
SHabboda mayin essa, Uni shamol demayman, Sevgim bir kelib ketsa, Uni visol demayman. Dilga baxt yo‘llamasa, Bir yashnab gullamasa, Orzuga o‘ramasa, Uni bahor demayman. Dunyo g‘amin yemayman, Sevmaganni sevmayman, CHorlamasa kelmayman, Ishqni xayol demayman. Dilga darding yuklama, Kerak paytda uxlama, Bilaman, noz reklama, Seni makkor demayman. Demayman, Yo‘q demayman, Men tomon boq demayman, Dilga o‘t yoq demayman, Menga bo‘l zor demayman. Uchsa ham samolyotlar, Bo‘shasa aeroportlar, Kemasiz qolsa portlar, Senam yo‘qol demayman. Kechirgin men telbani, Tabletka deb tugmani, Tugma deyman tangani, Bu bir misol demayman. SHe’
QADAH Qadah, o zarbi qadah! Jarangi jonimdan 6tar. Yurakni timdalab ketar, Fig'onim falakka yetar. Qadah, o zarbi qadah, Bedavo dardim tuzat. Soqiyo,maydan uzat. Va meni zimdan kuzat, Turibman misli daraxt... Qadah, o zarbi qadah! Yoningga bir kun qaytay. Hasratim senga aytay, Bu y6ldan qanday 6tay, Qulawim mumkin har vaqt. Qadah, o zarbi qadah! Sensan owiqning wa'ni. Dunyodan y6qdir ma'ni, Chorlang buyon hammani, Bu kech ayyomi farah! Turibman misli daraxt, Qulawim mumkin har vaqt
ҚЎЙИБ БЕРГИН, ОСТОНАНГГА ЁТИБ ОЛАЙ Қўйиб бергин, остонангга ётиб олай, Йиғлаб-йиғлаб дардларимни айтиб олай, Совчиларинг узук тақиб кетган бўлса- Тунда бориб бармоғингдан тортиб олай. Бармоғингдан қонлар оқса сизиб-сизиб, Сен йиғласанг, кўзларингни сузиб-сузиб, Қўлингдаги ул жарохат битгунича Мен келаман, совчиларнинг уйин бузиб. Қўйиб бергин, телбалигим тутиб кетса, Тентаклигим хаддан зиёд ўтиб кетса, Ўзинг ўйла ахир эрта не қиламан, Улар сени тўйлар қилиб олиб кетса. Отанг ҳам бир тўғри гапга тушунмайди, Онанг эса ҳатто сенга ишонмайди, Ўзим совчи бўлиб келдим остонагга- Аҳад сенсиз ҳеч қаёққа кетолмайди
Показать ещё