Chunonchi, Pahlavonning 1962-yilda nashr etilgan "Ruboiylar" kitobiga 56 ruboiysini o`zbekcha tarjimasi bilan kiritgan edik. Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Is`hoqov bir yillik umrini sarf qilib, shu ruboiylarni forsiy ruboiynavislarning asarlariga chog`ishtirib qarasa, Pahlavon Mahmudga nisbat berilgan 56 ruboiyning beshtasi boshqa shoirlarninglarning sayyor ruboiylari bo`lib chiqibdi. Garchi bu ish o`ta sermehnatu kamhosil bo`lsa ham shoyoni tahsindir. Men yosh olimning bunday sinchkovligini yuksak baholab, o`sha sayyor ruboiylarni Pahlavon Mahmud asarlari tarkibidan ajratib, tabarruk uchun maxsus bobga ko`chirdim. Tazkiralarda ular quyidagi shoirlarga nisbat berilgan ekan:
Mahsatiyga nisbat berilgani:
Dunyo bamisoli bir zarrin ko`za,
Suvi goh shirinu, goh achchiq bo`za,
Ey g`ofil, umringga bino qo`yma ko`p,
Qazoyi muallaq turar bosh uza.
T. Jalolov tarjimasi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев