Ruboiy janri ulug` Xayyom sharofatidan, uning mo`jizakor qalami qudratidan shuhrat topgani hammaga ayon, ammo bu shoirning o`z umrida qancha ruboiy yozgani hech kimga ma`lum emas. Hanuzgacha bu muammoni Eron olimlari ham, Yevropa sharqshunoslari ham hal etolmay garang. Bu olimlarning bir qismi, Xayyom ruboiylari 100 bilan 125 atrofida, deb taxmin qilishsa, boshqalari Xayyom ruboiylari 1000 dan ziyod deb, da`vo qilishadi. Biroq har ikki tomonning da`vosida ham hech qanday asos yo`q. 100 bilan 1000 raqami orasida yer bilan osmonday katta tafovut bor, bu ulkan tafovut rost bilan yolg`on orasidagi jarlikdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев