Величайшее в жизни счастье — это уверенность в том, что нас любят, любят за то, что мы такие, какие мы есть, или несмотря на то, что мы такие, какие мы есть. ●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●• ●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●•●..
GAR SEVSANGIZ SEVING MEN KABI
Siz ham ba'zan o'kinasizmi
Yashab o'tgan hayotingizdan?
Ko'z yoshingiz yashirasizmi,
Muhabbatning qiynoqlaridan?
Chorasizdek cho'kkanmisiz hech
Yolg'izlikning girdoblariga?
Javob topmay qiynalganmisiz
Tunning sonsiz so'roqlariga?
Siz ham sevgi, hijron azobin
Va lazzatin totganmisiz hech?
Muhabbat deb yonib, o'rtanib,
Tong ottirib qilganmisiz kech?
Sevgi sabab qayta yaraldim,
Yashayapman goh ro'yo, goh tush,
O'tinaman qiynoqqa qo'ymang,
Bag'ringizda qolsin ojiz qush.
Muhabbatim to qabrgacha,
Lek sevgimning qovjiroq labi
Mayli bir on sevilsam deyman
Gar sevsangiz seving men kabi!
Bahtdan sarmast bo'lib yashasam,
Tumor qilsam diydoringizni.