Sevgi nimaligin bildirgan go'zal,
G'amgin paytimda xam kuldirgan
go'zal,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.
Qalbimni og'ritib qayga ketdingiz,
Ko'zimni yosh qilib xayr dedingiz,
Xecham kutmagandim mendan
kechdingiz,
Yana nimagadir sizni sog'indim.
Balki baxtlidirsiz uzoqlarda yor,
Qalbim o'rtanadi kelganda baxor,
Menga umid bergan bevafo dildor,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.
Siz tomon talpinib bora olmasdan,
Unutay desamda unutolmasdan,
Bu og'ir og'riqqa chiday olmasdan,
Yana nimagadir sizni sog'indim.
Do'stdan,begonadan yiroqda yurib,
Uzoq-uzoqlardan sizni qidirib,
Dardimni faqat shu qog'ozga bitib,
bugun nimagadir sizni sog'indim
Yana sog'inaman xoxlamasam
xam,
Sizga talpinaman borolmasam xam,
Endi sizga yor begona bo'lsam xam,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.
Qalbim to'yib ketdi bu azoblardan,
Sher yozmay ketgandim to'yib
xayotdan,
Qo'lga qalam oldim yana alamdan,
Sababi men yana sizni sog'indim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев