553107720784

John Turgunov

Ba'zan so'ksa qilib gina, Hardoyim ham demaymiz ho'p. Onaga hech qilmang tana, Onamizdan qarzimiz ko'p. Sochlariga qo'nganda qor, Qalbiga hech bermang ozor. Ta'zim qiling takror takror, Onamizdan qarzimiz ko'p. Bir parcha et-tana edik, Yana...yana...yana dedik. Ulg'ayguncha ona dedik, Onamizdan qarzimiz ko'p. Ko'rgan kuni ko'ngli yozdir, Yo'qlab tursak unda sozdir. Qancha mehr bersak ozdir, Onamizdan qarzimiz ko'p. Sizga takror aytay yana, Berganingiz qilmang tana. Jannat uchun yo'ldir ona, Onamizdan qarzimiz ko'p.
553107720784

John Turgunov

Bir elkada iymon,birida shayton,Birida haqiqat, birida yolg'on,Örtada ovvora bechora inson,Kimdir bog' yaratar,Kimning qöli qon,Zör bölsang yölingga qöyishar qopqon,Kim arslon,kim quyon,kim esa ilon..... Statslarimni ham uqib kurila silaga yoqadi degan umitdaman.(88-98) (78-77)...
553107720784

John Turgunov

Ваъда бердим ёрижон Сен билан мени бахтим Бирга яшаймиз хандон Бу мени сунгги ахдим. Кунда жоним беш марта Тайёрлаб бер обдаста Яна булдик эр хотин Ризкни терайлик аста. Мен мулламан сен отин Энди биз эру хотин Сен овкат пиширганда Ёриб берайин утин. Энди жоним килма ноз Биз биргамиз жуда соз Кеч булса хам тушиндим Доим укийман намоз.
553107720784

John Turgunov

Ortingdan yugurdim yurdimku juda. Vaqtlarim o'tmabdi bilsam behuda. Endi ol yuragim olgin seniki. Sen faqat menikisan tanxo meniki. Doim g'olib bo'lmas ekan obro'yu boylik. Meni sevgim suramadi davlatu oylik. Men unga yetishdim borim uniki. Lekin sen menikisan tanxo meniki. Qo'rqmadim,sevgimni shartta so'yladim. Otasin yonida bo'yin bo'yladim. Orzuim malikam jonim seniki. Endi sen menikisan TANXO MENIKI.
553107720784

John Turgunov

Tuyg'ularni dilni uyg'otib, Ishqdan olib xijronga sotib. Muhabbatni zor zor yig'latib, Tashlab ketish oson ekanda?! Yuragingga hislar to'ldirib, Unitilmas izlar qoldirib. Jon bag'ishlab so'ngra o'ldirib, Tashlab ketish oson ekanda?! Yolg'onlarni rostdayin so'zlab, Mehrga zor dillarni izlab. Baxtsiz etib, o'z baxtin ko'zlab, Tashlab ketish oson ekanda?! Halovating tinching o'g'irlab, Sof sevgingni armonga o'rab. Xijolatham qilmay, baxt tilab Tashlab ketish oson ekanda?
553107720784

John Turgunov

Ko'zlarimni yoshga to'ldirgan go'zal, Sevgi nimaligin bildirgan go'zal, G'amgin paytimda xam kuldirgan go'zal, Bugun nimagadir sizni sog'indim. Qalbimni og'ritib qayga ketdingiz, Ko'zimni yosh qilib xayr dedingiz, Xecham kutmagandim mendan kechdingiz, Yana nimagadir sizni sog'indim. Balki baxtlidirsiz uzoqlarda yor, Qalbim o'rtanadi kelganda baxor, Menga umid bergan bevafo dildor, Bugun nimagadir sizni sog'indim. Siz tomon talpinib bora olmasdan, Unutay desamda unutolmasdan, Bu og'ir og'riqqa chiday olmasdan, Yana nimagadir sizni sog'indim. Do'stdan,begonadan yiroqda yurib, Uzoq-uzoqlardan sizni qidirib, Dardimni faqat shu qog'ozga bitib, bugun nimagadir sizni sog'indim
553107720784

John Turgunov

Sizni sog'inaman yulduzga qarab, Siz xam yulduzlarga qarab turgandek. Sizni sog'inaman osmonga qarab, Oyga tikilaman xabar kutganday. Shamollar gox manga sirli gap aytar, Tushuna olmasdan qolaman yonib. Sog'inchimni olib ortiga qaytar, Balki o'rtar sizni azobga qorib. Sog'inib ketaman yomg'irlar yog'ib, Yaralganda dilda mungli bir qo'shiq. Balki o'sha kuy siz tomon og'ib, Aks-sado berar dilingiz jo'shib. Sizdan xech narsa etmayman talab, Xatto xayol bilan bergayman ozor. Sizga faqat ezgu tilaklar tilab, Balki arzimasman qilishga bedor. Balki sizning xam ushbu kechada, Junbushga kelgandir yurak toringiz. Siz xam adashib ko'ngil ko'chada, Unutgandirsiz yog'u- boringiz
553107720784

John Turgunov

Sensizlik og'ritdi mening qalbimni Yonimda bölsangu sevishim aytsam Seni köp qiynadim kechir rashkimni Meni sevasanmi sevishim aytsam? Köz yoshlaring tökib aldadim köp bor Shirin sözlaringga bugun böldim zor Endi xech qalbinga bermayman ozor Meni sevasanmi sevishim aytsam? Suratingga boqib suraman xayol Tushlarimga kirib kel deb aytaqol Sensiz yasholmayman mayli jonim ol Meni sevasanmi sevishim aytsam? Faqat sen ekansan qalbim egasi Yuragimning quvonchi yolg'iz erkasi Kechir og'ir ekan xijron jafosi Meni sevasanmi sevishim aytsam?
553107720784

John Turgunov

Qo'llarimda jon tutgandim, Qonlar to'kib qon yutgandim. Ne azobda unutgandim, Aytgin nega qaytib kelding. Gul umrimni g'ashlab ketib, Ko'zlarimni yoshlab ketib. Osongina tashlab ketib, Aytgin nega qaytib kelding. Tuyg'ularim o'yin qilib, Yetishmoqni qiyin bilib. Ketgandingku ko'ksim tilib, Aytgin nega qaytib kelding. Tushlarimda ko'rganimda, Tig' ustida yurganimda. Kelmadingku og'ir kunda, Aytgin nega qaytib kelding. Tinglamading afsus shu payt, Yolvorgandim ketmagin qayt. Biron aybim bormidi ayt, Aytgin nega qaytib kelding. Mag'rur boshing egibsanda, Sog'indim deb kelibsanda. Qadrimni kech bilibsanda, Ne baxona topib kelding. Ko'z yosh bilan ovungandim, Bardo
553107720784

John Turgunov

Yolg‘izginam, farishtaga tenglikkinam, Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay. Ikkimizning dardimiz bir, munglikkinam, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi, Rostin aytsam, yuragimda bardosh qolmadi. Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin, Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin. Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Men shabnamman, g‘uborlarga qo‘nolmayman, Yo gul bo‘lib tosh yurakda unib chiqolmayman. Ko‘nolmayman, bu dardlarga ko‘nolmayman, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Quzg‘unlarning qilig
Показать ещё