farishtaga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.
Ikkimizning dardimiz bir,
munglikkinam,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Men boshimni urmagan bir tosh
qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda bardosh
qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh
qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Uzun-uzun armonlarim chiqib
ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib
ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib
ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Men shabnamman, g‘uborlarga
qo‘nolmayman,
Yo gul bo‘lib tosh yurakda
unib chiqolmayman.
Ko‘nolmayman, bu dardlarga
ko‘nolmayman,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Quzg‘unlarning qilig‘idan zorim keldi,
Tog‘ qalbimga nafrat degan orim
keldi,
O‘zim bo‘lib yig‘lolmayman, orim
keldi,
Keling, Sizning ko‘zingizda yig‘lab
olay,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев