"Tomdilik otaxon mening safarimni tub ma'noda o'zgartirib yubordi. Kecha ust-boshimni almashtirib, oddiy xalq bilan muloqot qilishga otlandim. Kunimni aynan shu ish bilan boshlashga axd qilgandim! Allaqachon 70 yoshga kirgan otaxon farzand ko'rmagan ekanlar, aynan mo'ysafidlik davrlarida yolg'iz, e'tiborsiz qoliptilar. Aslida bu otaxonni maktablarni aylanib yurgan vaqtimda derazadan ko'rib qoldim. Buni payqagan shu yerliklar meni chalg'itmoqchi bo'lishdimi, tezda meni gapga solishdi, ammo ularning barchasidan o'sha yerda qolib meni kutishlarini so'radim. Yaqinlashib hol-ahvol so'radim, otaxon bir necha yildan beri bo'ksasi singanligi tufayli arang o'zi mustaqil oyoqqa tura oladi. Buni ko'rib chidab tura olmadim va tuman hokimi muovinini chaqirshlarini so'radim. Ajablanarlisi, ular bu otaxon haqida bilmas emishlar!!! Shunday bo'lsada, bu otaxonga ijtimoiy yordam ko'rsatilishi takidlab o'tildi! Otaxonning hamma ma'lumotlarini oldim va hokim muovini bilan kelishib oldik! Aslida barchamiz shunday joylarga borib, shu kabi mazlumlarimizning holidan xabar olishimiz shart!"
(Ушбу матн ва фотолар Алишер Саъдуллаевнинг расмий Facebook саҳифасидан олинди facebook.com/alisher.sadullaev.zafarovich/ )
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 124