Ulg'aytirb bo'yimizni ko'rolmagan.
Qancha odam kelgan to'yga kelolmagan.
Mexribonim azizginam OTAJONIM.
Bugun to'ydir o'z-o'zimga so'zlayapman.
Birov bilmas ich-ichimdan bo'zlayapman.
Siz yo'qsiz-u lekin sizni izlayapman.
Joylaringiz bilindi ko'p OTAJONIM.
Yonimda yo'q naxot endi bilolmaysiz.
Duo qilib oq fotixa berolmaysiz.
Shu damlarda naxot boshim silolmaysiz.
Qo'lim yetmas osmonginam OTAJONIM...
Uylarimiz to'lmish mana mexmonlarga.
Yurak esa to'lib bo'ldi armonlarga.
Boraymi yo OTAJON siz tomonlarga.
Meni mangu armonginam OTAJONIM...
Ana ONAM sochidagi oqi bo'ldim.
Munis singlim ko'nglidagi oxi bo'ldim.
Bu dunyoning ko'ngli yarim sog'i bo'ldim.
Dardlarimga darmonginam OTAJONIM...
Termulasiz chiqolmaysiz suratlardan.
Nola chekib qaro yerning qatlaridan.
Judo bo'lib bolam demoq baxtlaridan.
Mening aziz jannatmakon OTAJONIM.
Siz ketdingiz, baxorlarning zavqi qani.
Sizdek odam, yo'qdi ko'nglim anglagani.
To'yimiz shu-ruxingiz shod bo'lgani.
RIZO BO'LING MEXRIBONIM OTAJONIM....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4