Qiz: Sevgandim...
Yigit: Meni sog'inasanmi?
Qiz: Ôtib ketdi...
Yigit: Meni esladingmi?
Qiz: Kuldirmang...
Yigit: Boshqasini topdingmi?
Qiz: Izlayapman...
Yigit: Shunchalar osonmi?
Qiz: Sizdan ôrgandim...
Yigit: Meni unutdingmi?
Qiz: Ancha bóldi...
Yigit: Ózgaribsan?
Qiz: Hayot majbur qildi...
Yigit: Meni kutdingmi?
Qiz: Hecham...
Yigit: Mendan kôngling qoldimi?
Qiz: Bilsangiz nega sórayapsiz...
Yigit: Aldayapsan-a?
Qiz: Harakat qilyapman...
Qiz: Faqat ketmang meni tashlab,
Uzun tunlar qorong'u.
Men qolurman yig'lab-yig'lab,
Dilimda yonar qayg'u.
Faqat ketmang meni tashlab,
Kózlarimda marjon yosh.
Ne qildim men sizni tanlab,
Taqdirga bermay bardosh.
Yigit:
Jonim sizsiz yasholmayman,
Hayotim tóxtab qolar.
Sizni tashlab ketsam agar,
Yurak bag'rim qon bólar.
Sizsiz, yolg'iz muhabbatim,
Sónmas orzuyim mening.
Sizsiz, yurakdan sevganim.
Butun borlig'im mening,..
Qiz:
Faqat ketmang meni tashlab,
Kulga aylanur sevgim.
Kutib yashashdan charchab,
Sevib qolur yuragim.
Faqat ketmang meni tashlab,
Butun umrim kuyadi.
Yurakkinam sizni qumsab,
Olov bôlib yonadi.
Yigit:
Sevgilim sizni asrayman,
Siz qaro kózim mening.
Men sizni tashlab ketmayman,
Yigitlik sôzim mening.
Sizsiz yasholmayman netay,
Yurak meni qiynaydi.
Sizni tashlab qayga ketay,
G'ururim yo'l qóymaydi.
Qiz:
Faqat ketmang meni tashlab,
Yurakkinam xórlanar.
Xar bir olgan nafasimda,
Nomingiz takrorlanar.
Faqat ketmang meni tashlab,
Bilasiz yuragim chóg'.
Yasholmayman sizsiz netay,
Sizsiz menga hayot yóq.
Yigit:
Sizni tashlab ketolmayman,
Yuragim bôysunmaydi.
Yurak har bir urishida,
Faqat sizni eslaydi.
Shu paytgacha hayolimda,
Ayriliqning daragi yôq!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6