Mening nigohlarimda esa muhabbat pardasi
hilpirab turibdi. Har tun shu hol takrorlanadi.
Ko'zlarim ochiq. Nigohlarimni berkitgan
muhabbat pardasi ortidan sening ruxsoring
namoyon bo'ladi. Ko'z o'ngimga yuragimning
ishq koshonasidan asta-asta odimlab kelasan.
Yana sen haqindagi o'ylarim davomi butun
borlig'imni o'z izmiga soladi. Ahir yuragimda
sen borsanku! Salom azizam. Kechagidan
farqli bo'lgan bu o'ylarim yana yangidan yangi
ertaklar koshonasiga yetaklaydi. Yuragimni
qo'llaringga ol va quloq tut. Yana izhorimning
bayonin tingla!
Dunyo poyonsiz deb o'ylardim. Aslida uning
cheksizligi sen bilan ekan. Sensiz dunyo
bunchalar tor, bunchalar g'arib ko'rinmasa.
Agar seni eslaganimda, vujudimga
yuguradigan huzurbaxsh tuyg'uni,
sezmaganimda hijron azobi allaqachon "dardi
bedavo"ga duchor etardi. Sen bir nursanki
zulmat quchishiga yo'l bermaysan. Sen
tog'dagi toza chashmasanki vujudim ishq
olovida yonib bitishiga monelik ko'rsatasan.
Odamlar har dardga malham vaqt deydilar.
Vaqt o'tgan sayin seni ko'rmoq, ovozingni
eshitmoq, bo'ylaringni tuymoq istagi
bardoshimni qiyin qistovga olmoqda.
Nazarimda butun vujudimni zo'r bir alanga
qurshab olganday va hayotim shu harorat
ichra ketayotganday. Kun sanay deyman-u,
sanashga botinolmayman. Hijron damlari
nainki kun, oylarga ulashib ketgan. Hayoling
uzra jon saqlay desam sening yoding
tashnalik, sog'inch va firoq hasratini ming
chandon kuchaytirib boshimga azoblarni
soladi. Eslamay deyman-u, butun borlig'im sen
bo'lgach sendan o'zga yana kimni yodga
olaman. Ahir yuragimda sen borsanku!
Ishq o'zi qanaqa yovuz dard? Na o'ngingda, na
tushingda halovat bor. Yana bir biriga
chirmashib ketgan og'riqli, havotirli hayollarga
ne deysiz. Na odamlar ichida o'y-hayollardan
qutulasan, na yolg'iz qolganingda. Ahir sening
ishqingda sensiz, tanho yashab bo'larmidi?
Uyquga sening yoding ila bosh qo'yaman.
Tong chog'i kipriklarim qo'zg'almay turib
sog'inch dardi ila to'lg'olaman. Men yana seni
qumsayman. Seni sog'inaman, seni sevaman.
Bizni ne bog'lashi mendan so'ramagin. Sendan
nimani izlashimni o'zim ham bilmayman.
Bilganim bu bir sir. Bilganim chindan seni
sog'inib, seni sevaman.
Ishq dardiga mubtalo dil, na tabiat go'zalligi,
na quyosh harorati, na shamol-u bo'ron va na
zil-zilani tan olar ekan. Oshiqning farog'ati
uchun faqat mashuqasidan kelgan bir og'iz
lutf-kalon, yaxshi xabar va robbim yarlaqagan
ruxsor halovati ekan. Menku bunday baxt
qushi boshimga qo'nmoqligi mumkinligidan
umidimni uzib qo'ydim. Ammo yurakdagi
"uvoqday" mo'jazgina ilinj huddi qilga osilgan
mo'r misol visol tashnaligini so'ndirmay
turaverarkan.
Hozirgi holatimga yig'lashni ham, kulishni
ham bilmayman. Ahir o'ylaganlarim vaqti
kelib sarob bo'lib chiqsa, suyanganim bo'shliq
ekanligini yiqilganimda bilsam, chashma deb
talpilganim oddiy tosh ekanligini anglasam
dardimni kimga aytaman. Ishq lazzatini totgan
kezlarim butun borliq hayolimdan ko'tarilgani,
ko'zlarim faqat uni ko'rgani, tillarim uning
ismini takrorlab-takrorlab charchamagani endi
sezilyapti.
Yaxshiyamki qalbimda bosh ko'targan tuyg'u
iddaosidan hali u qadar boxabar emasman.
Ammo uni sevgi huruji deya juda olisdanda tan
olmoqqa qo'rqaman. Men seni zulukdan qop-
qora qoshlaringni, tunni lol qoldiruvchi
sochlaringni, sutga chayilgan oppoq yuzingni
emas hayo sayqal berilgan tiniq chehrangni
qumsayotgandayman. Sening timsoling
sendanda ofiyatli, sendanda ziynatli. Buni
anglamoq oson emas. Buni faqat qalb ko'zi ila
ko'rishga qodir odamlar sezurlar. Inchinun
men sendagi ibo, iffat va beg'uborlikga
tashnaman. Telba uchun ikki dunyo bir otin.
Yana bilingki boylikga, amalga, shoxlikga
tashnalikdan ortadigan telbalikdan ishq
azobidan keladigan majnunlik azoblidir,
og'riqlidir.
Men seni qanchalik sevaman ekan? Bu
savolga o'sha damda ham javobim yo'q edi.
Hozir ham. Men muhabbatga suyanib butun
borlig'imni uning ihtiyoriga topshirib
qo'yibman. Ishq qal'asiga sezdirmay
kirganimda nechog'li baxtiyor edimki… Endi
uning mustahkam qo'rgo'nidan chiqolmay, jon
saqlashga najot topolmay rang-ro'yim
somondek sarg'aymoqda. Tan hastaligiga davo
topishga umid qilsa bo'lar ekanu, biroq ko'ngil
savdosining dardi bedavo ekan.
Menga shunday otashin ishqni, sog'inchni
berib o'zing yuragimga berkinganing menga
taskin beradi. Tuyg'ularim senga bepayon.
Ishqimning iztirobli bayoni so'ngsiz. Shuning
uchunmi senga hayr demayman. Hayr desam
muhabbatim izhori poyoninga yetib
qolayotganday. Senga termulib tong ottiraman.
So'zlarimga nuqta qo'ymay shunday
qoldiraman. Boisi, umrimni bori tunida senga
izhorimni betakror bayonini taqdim
etaveraman. Tug'yularim tugamaydi. Ahir
yuragimda sen borsanku.
internetdan olingan!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев