Kinorejissyor Kris Peyn 2006-yilgi, "Elektr avtomobilining qotili kim?" nomli hujjatli filmi bilan mashhur. Unda 1990-yillar o'rtalarida batareyada ishlovchi mashina ixtirosi va uning unutilishi haqida so'z boradi. Yaqinda Peynning yangi kinoasari ekranga chiqdi -- "Elektr avtomobilning qasosi". Bu mashinalar bugun sahnaga g'olibona qaytmoqda.