tanlab, sotib olsa
bo’ladigan do’kon
ochilibdi. Do’konga kirish
qismida quyidagi e’lon
mavjud:
1. Siz bu yerga FAQAT BIR
MARTA kira olasiz.
2. Do’konimiz 6 qavatdan
iborat. Qavatlar oshishi
bilan,erkaklarning sifati
ham oshib boradi.
3. Siz xohlagan qavatdan
istalgan erkakni tanlash
yoki tepadagi qavatga
ko’tarilish imkoniga
egasiz.
4. Pastki qavatga qayta
tushish man etiladi. Bir
ayol o’ziga umr yo’ldoshi
topish maqsadida ushbu
do’konga tashrif buyurdi.
Birinchi qavatdagi "ish-
hunari bor erkaklar”
degan yozuvni ko’rgach,
ikkinchi qavatga
ko’tarildi. Ikkinchi
qavatda quyidagi e’lon
mavjud edi: "Ishli-
hunarli va bolalarni
yaxshi ko’radigan
erkaklar” Ayol uchinchi
qavatga ko’tarildi.
Uchinchi qavatda "Ishli-
hunarli, bolalarni yaxshi
ko’radigan va juda go’zal
erkaklar” deb yozilgan
edi. "Eh- ha!” – dedi ayol
va to’rtinchi qavatga
ham ko’tarildi. To’rtinchi
qavatda "Ishli- hunarli,
bolalarni yaxshi
ko’radigan, juda go’zal va
uy ishlariga
qarashadigan erkaklar”
deya yozilgan edi. – Juda
soz! – deb o’yladi ayol, -
lekin baribir keyingi
qavatni ham ko’rish
kerak. Ayol beshinchi
qavatda "Ishli- hunarli,
bolalarni yaxshi
ko’radigan, juda go’zal,
uy ishlariga
qarashadigan va juda
romantik erkaklar”
degan yozuvni uchratdi.
Ayol yana bir qavat
yuqoriga chiqib, o’zi
uchun judayam munosib
bo’lgan erni tanlashni
xohlardi. U sabrsizlik
bilan so’nggi qavatga
ko’tarildi. Oltinchi
qavatda esa shunday
yozuv bor edi: "Siz bu
qavatga ko’tarilgan 31
456 012 chi ayolsiz. Bu
yerda siz o’ylagan
erkaklar mavjud emas.
Bu qavat ayollarni yana
bir bor hayot haqida
o’ylashga, hayotda esa
o’ta mukammal shaxsni
topish mushkul
ekanligiga, har qanday
turmushda esa ixtiloflar
bo’lishiga ishontirish
uchundir. Bizning
do’konimizga tashrifingiz
uchun tashakkur
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев