Tez oqadi, fursat yeladi.
Oxirlaydi ichimda sabot,
Sizni juda ko’rgim keladi.
Varaqlayman umrim varog’in,
Qanday yoqay umid chirog’in?
Javobi yo’q qalbim so’rog’in –
Sizni juda ko’rgim keladi.
Masofada bilinar qadr,
Diydor – qiyos topmas tuhfadir.
Boshqalarni emas, negadir.
Sizni juda ko’rgim keladi.
Zulmatlardan bo’lganda bezor,
Subhidamni kutib intizor,
Kechalarim o’tganda bedor,
Sizni juda ko’rgim keladi.
Yolg’izlikdan huvillar xonam,
Qachon yetar falakka nolam.
Rozidirman, aytmangiz kalom –
Sizni juda ko’rgim keladi.
Sog’inchlarim shashqator daryo,
Sassizlikka singigan faryod,
Sig’mas bo’lsa ko’nglimga dunyo
Sizni juda ko’rgim keladi.
Sanang meni, mayli begona,
Atang “darvesh”, nomlang
“devona”,
Ko’zlarimda siymo yagona –
Sizni juda ko’rgim keladi.
Holingizni so’rgim keladi,
Sizni juda ko’rgim keladi..
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев