"Achchiq qismat" Men qamalib
chiqqanman. Tört yil sakkiz oy
qilgan jinoyatim uchun jazo
ötadim. Qamoq hayoti özgacha.
Lekin shunday fayzsiz dargohda
ham otashin qalblarni kördim. Biz
ösha yigit bilan qalin döst bölib
qolgandik. U uzoq muddatga
qamalgandi. Bilishimcha
mashinada bir "kattakon"ni
turtib yuborgan. U uylanganiga
bir yil ham tölmay turib
qamalgandi. Ikkimiz deyarli bir
vaqtda qamoqxonaga kelganmiz.
U qamalganida xotini og'iroyoq
edi. Ota bölganini eshitganida u
bilan bitta kamerada edik. Öta
samimiy, oqköngil yigit edi u. Uni
xotinining suratiga qarab hayol
surib ötirganini köp marta
körardim. Ha, u rafiqasini
judayam sevardi... 16- iyun.
Uning uchun alohida muhim sana
edi bu. Xotinining tug'ilgan kuni...
Xotini 4 yil davomida har safar
shu kunda uni körishga kelardi.
Boshqa kunlar u rafiqasiga
qamoqxonaga kelishga ruhsat
bermasdi. Ehtimol siqilishini
istamagandir. Uning özi ham shu
sananing kelishini bir yil kutib
yashardi. Tört devor orasida
kutish qanday azob ekanligini
faqat boshdan ötkazganlar
biladi. Lekin u sira dardini
bildirmasdi. 16-iyunni
kutayotganini bilardim xalos.
Sönggi yil xotini kelganida u juda
xafa holatda kirib keldi. Ikki kun
umuman tuz totmadi. Keyin
bilishimcha xotini qandli
diabetning og'ir turiga chalinibdi.
Doktorlar shol bölib qolishi
mumkin deyishibdi. Nega
ularning boshiga bunaqa og'ir
kunlar yozilganini öshanda ham
tushunmasdim, hozir ham bu
haqda öylab öyimga
yetolmayman. Qani edi ularni
baxtli körish nasib etganida... Köz
öngimda u tobora sölib borardi.
Keyingi oylar ichida xotinidan
kelgan har bir xat uni bir yilga
qaritardi göyo. (Davomi
komentda)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 23
umidsizlik uchqunlagan
edi ösha kezlarda.
Ketishim ma'lum bölgach
u bilan quchoqlashib
xayrlashdim. Ukamdek
bölib qolgan yigitga
bardam bölishni, hammasi
yaxshi bölishini
tushuntirdim. Chiqib uning
oilasidan xabar oldim.
Uning salomini oilasiga
yetkazdim. Ularga
Allohdan bardosh tiladim.
Keyin öz shahrimga
ketdim. Oradan 3-4 oy
ötdi. Tonggi gazetalarning
birini öqirkanman
qamoqxona haqidagi bir
maqolaga közim tushdi.
Unda qamoqxonadan
kasalxonada og'ir yotgan
xotinini körish uchun
qochmoqchi bölgan bir
maxbusning otib
tashlanganligi haqida
yozilgandi. Yuragim
jizillab, gazeta sanasiga
qaradim: 16- iyun....
sevgini niqob qilib undan boshqa maqsadlada foydalanadiganlaym bo
to'gri
shaharda vulkanizatsiyadamishyapti ishlidagnlada qo'sha qo'sha epica
hammasiyammas to'g'ri
yaxshi qizlayam ko'p
man lekin shu paytgacha qo'rqib uylanmasadan yuribman