Men
bugun yaraldim! Lekin ota- onam
hali bundan bexabar. Men juda
kichkina, hatto olma urug'idan
xam kichikroqman. Nima
bo'lganda ham men borman.
Buni hech kim inkor qila olmaydi.
15-oktyabr. Biroz kattalashgan
bo'lsam hamki, harakat qila
oladigan ahvolda emasman.
Onam yuragining shundoqqina
tagida joylashib olganman. 22-
oktyabr. Og'zim shakllana
boshladi. Bir yildan keyin men
ham mazza qilib kuladigan
bo'laman, tilga kiraman. Kim endi
meni mavjud emas, deya oladi?
Nonning ushog'i ham non-da,
to'g'rimi? 27-oktyabr. Bugun
yuragim ura boshladi. Bundan
keyin hayotimning oxirigacha
dukillab turadi. Uni zavq-u
shavqqa to'ldiraman hali. 12-
noyabr. Barmoq chiqara
boshladim. Hali ular bilan
sochimni tarayman, gullar
teraman. Men sizga bir sirni
ochay: men qiz bolaman... 20-
noyabr. Bugun onam doktorga
bordi. Borligimni bilib, rosa
sevingan bo'lsangiz kerak-
a,onajon! Yaqinda meni
qo'lingizga olasiz, erkalatasiz...
13- dekabr. Endi atrofga bemalol
qarayapman, faqat qorong'u
joydaman, xolos. Ammo baribir
baxtiyorman, yaqinda dunyo
yuzini ko'raman... 24-dekabr.
Onajon! Men juda sog'lom qizcha
bo'laman. Tezroq dunyoga
kelishni, bag'ringizda mazza qilib
uxlashni xohlayman. 28-dekabr.
Onajonim doktor qabuliga keldi.
Voy, nimalar deyapsiz, onajon?!
Rizqni Alloh beradi-ku! 29-
dekabr. Eh... onajonim, nega
tug'ilishimni istamayapsiz? Nega
jajji qo'llarim bilan yuzingizni
silashimni, sizga erkalanishimni
xohlamayapsiz? Afsus... Oh!
Badanim og'riyapti! Juda qattiq
og'riyapti. Meni qutqaring,
onajon!... Onaa...joon...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7