Ikki daryo o'rtasi keng
dasturxon, Tuz totgansan
tuzlig'ingni unutma. Dasturxonni
belbog' qilib o'stirgan, O'zbek
o'g'li o'zligingni unutma!
Sadarayxon bukilgani-so'lgani, Er
yigitning egilgani-o'lgani. Yo'l
bermagin dushmanlarga kulgani,
O'zbek o'gli o'zligingni unutma!
O'zbek desam jaranglagan tor
kelur, Undan oldin nomus bilan
or kelur. Burgut kelur, lochin
kelur, sor kelur, O'zbek o'g'li
o'zligingni unutma! Unutmagil
nasabingni zotingni, Umid bilan
otang qo'ygan otingni. Asra erta
kuningni-zuryodingni, O'zbek
o'g'li o'zligingni unutma! Ko'pga
kelgan kulfatlarga chap berma,
Maxmadana maynalarga gap
berma. Ko'ngil obod bo'lsin,
sirtga zeb berma, O'zbek o'g'li
o'zligingni unutma! Nochor
qolsang nokas qo'lini tutma,
Arslonsan-ku tulki yo'lini tutma.
O'zingdan o'zgadan marxamat
kutma, O'zbek o'g'li o'zligingni
unutma!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13