Befarq boqqan ayollar,
Oqibatda ko’z yoshlari
Soydek oqqan ayollar.
Gulday ayollaring kirib
Go’zallik degan uyga,
Go’zal bo’ldim deb chiqsalar
Tushib kulguli ko’yga.
Uzun sochlar kalta bo’lib,
Aylanar sap-sariqqa,
Yarim ochiq ko’kragida
Ko’zing tushar ariqqa.
Qalin qaro qoshlar go’yo
Igna misol terilgan,
Qoshlar terib tashlashgamas,
Husn uchun berilgan.
Ko’z qovoqlar ko’m-ko’k, xuddi
Eri uch kun urganday,
Labga turli bo’yoq bergan
“Haligini” surganday.
Gulday yuzga uch to’rt qavat
Sun’iy suvoq suvalgan,
Bo’ynidachi shoda simlar
Chuvalchangday chuvalgan.
Bul yasama qo’g’irchoqqa
Qalbing qanday ochasan,
Tirnoqlarin ko’rgandayoq
Jonin saqlab qochasan.
Yeng, yoqasiz kalta ko’ylak
Xuddi tars yorilguday
Shumi chiroy, bo’lsakim ul
Tuproqqa qorilgudek.
Ziyon zahmat tegmasin ayt,
Alloh bergan chiroyga,
Axir pardoz bermaslarku
Dog’li sanalgan oyga.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
Yigitlarniqilmangqon.16ga kirarkirmas.Yigitlargako'z
suzasiz.Miniyubkalarkiyib.Xayollarnibuzasiz. Sevishibbiribilan
Damberasiz qilib xor.Chunkiyanazapasizda Avtoritetyigit
bor.Bumavzuni ko'tarish.Asli o'zibir savob.Agarqo'lizdan
kelsa.Yozingnarmalnijavob!!!