Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasakuch,
Alamdan ezilib, erkak yig'laydi.
Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
Xaq gapni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak
yig'laydi.
Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'laydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini,
Uyalmay dod solib, erkak
yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo
yonida.
Omadi chopmasa ish
maydonida,
Birchetga o'tirib, erkak
yig'laydi.
Shayton quchog'ida yotsa
bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin chaqirib, erkak yig'laydi.
Xaromni tanlasa, xalol turganda,
Navqiron yoshligin uvol qilganda.
Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib, erkak yig'laydi.
Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Xech masjid tomonga
burmasa yo'lin.
Bir kunitushunsa
adashganligin,
Umriga achinib, erkak yig'laydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolganda joni,
Ko'ngliga suyanib, erkak yig'laydi.
Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq,
Jirkanch odatlarga yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq,
Bir kuni og'rinib, erkak yig'laydi.
Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari "ketdik" desa Azroil,
"E vox", deb baqirib, erkak
yig'laydi!!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
umrini hisoblab chiqsak .butun
umrining 25 yil 3 oyu 4 soatini
tunlari uxlash bilan o'tkazadi.
bolalik davri va ulg'ayish vaqti
minimum 18 yil. JA'MI 43.3YILU
4 SOAT UMRI BEHUDA O'TIB
KETADI shu umrining atigi 16.9
yilu 20 soat vaqt
yashash.orzularga erishish . oila
davrasida otkazish va baxtli
onlarni ko'rish uchun Allox
tomonidan berilgan vaqt
ekan .agar shu umrini egri
yo'llarga kirib panjara orqasida
10-15 yilini o'tkazsa butun umri
behuda o'tib ketadi. shunday
ekan shu umrimizni hallolik va
poklik bilan oila davrasida
o'tkazish yoki qamoqda it dek
xorlikda o'tkazish
harbirimizning o'z
qo'limizdadir.
yigit yig’lamas, Asli
yigit dardin ichida
saqlar. Yigit qalbi
yig’lar, ko’zlari
emas. Yigit dardin
faqat
torganlar farqlar.
Yigitning ko’z
yoshi
ko’rinmas aslo,
Chunki ko’z
yoshlarin u
tunga to’kar,
Boshiga yog’ilsa,
qancha
dard balo, U o’zni
yo’qotmas, o’zini
tutar. Uyig’lar har
xil kun, har xil
holatda, Ayriliq, yo
afsus, yo
nadomatda.
Sevgisiarmonga
aylangan
chog’da,Yigitni
ko’rmaysiz, hech
halovatda. Eh
qizlar so’ramang
yigitning dardin, U
dardin yoysa, gar
yig’laydi osmon.
Ko’z yoshga
qarab, siz
ajratmang mardin,
Har yigit ko’ksida
bo’lar bir armon .