1. Juftingizni bo'z yigitlik
olamidan chin erkaklik dunyosiga
olib kirgansiz! Otalik baxtiga
muyassar etib, farzand xadya
etgansiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
2. Eringizga "Sizga tegib nima
ko'rdim?" degan qaqshatgich
savolni hech qachon bermaysiz.
Aksincha, har doim "Siz
bo'lmasangiz nima qilardim" deb
o'ziga bo'lgan ishonchini oshirib
turasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
3. Muammolarni salom-
kalomdan,
taom-duodan keyin yotig'i bilan,
yarim hazil, yarim chin qilib
aytishga odatlangansiz. Baqir-
chaqir qilganda muammolar
yanada ko'payishini yaxshi
bilasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
4. Turmusho'rtog'ingiz uchun
o'qilmagan kitobsiz. Bugun
erkatoy qizaloq, ertaga samimiy
va vafodor do'st, indiniga
onasidek mexribon ayol sifatida
qabul qiladi.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
5. Turmush o'rtog'ingizning
talablarini vaqtida bajarasiz,
umuman olganda, sizdan
nimanidir qat'iy talab qilishigacha
olib bormaysiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
6. Umryo'ldoshingiz sizdan
uyalmaydi, u siz bilan faxrlanadi,
chunki o'z ustingizda ishlab,
shaxsiyatingizni boyitib borasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
7. Eringiz siz tayorlagan taomni
manaman degan restoranning
taomlariga almashmaydi.
Choyxonaning samovari ham
ko'k
choyni sizchalik achchiqqina
damlay olmaydi!
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
8. Oppoqyoqali ko'ylak, chizig'i
qo'lni kesgudek dazmollangan
shim,cho'ntakda taxt dastro'mol,
top- tozza paypoq, yaltiragan
tufli- barchasi tayyor bo'ladi!
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
9. Cho'ntak kavlamaysiz, beruxsat
biror joyga bormaysiz, yolg'onni
kavlashtirib tashlamaysiz. Faqat
ba'zan yaxshilik uchun oz-moz
extiyojni uchun uch-to'rt
so'midan ishlatasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
10.Yotoqxonangiz dori-
darmonlar qalashgan xona emas.
Ikkingizning xos xonangizda
faqat yaxshi so'zlar quloqqa
eshitiladi, yoqimli islar taraladi,
chiroyli ranglarga burkangan.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
11. Istalgan paytda hayron
qoldira olasiz. Tasavvuringiz
kengligi sabab qahvaning
ko'pigida han yurakcha shaklini
ko'rasiz!
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
12.Yaxshi rafiqasiz, chunki siz
sabrni o'zingizga libosdek kiyib
olgansiz, eringizning jaxli
chiqqanida, ishi yurishmaganda,
sog'ligi yomonlashganda sabr,
qanoat, toqat va g'amxo'rlik qila
olasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
13. Ikkinchi yarmingizni chiqarish
uchun hech kim aytmagan
so'zlarni o'ylab topasiz. Bir-
biringizni so'zsiz tushunasiz.
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
14.Siz eng yaxshi umr
yo'ldoshsiz, ishonmasangiz,
uning o'zidan so'rab ko'ring!
Garchi kamchiliklarni yuzingizga
aytishni yoqtirsa-da, u sizni
sevadi. U sizning eng, eng, eng
yaxshi radifa bo'la olishingizni
oldindan bilgan!
<<<<<<<<<<<<<-
>>>>>>>>>>>>>
15.Sizdek yaqin insonni u
boshqa topolmasligi aniq,
shuning uchun ham ishdan kela
solib qayerdaligingizni
surishtiradi. Siz ham o'z o'rnida
uning barcha yutuq va
kamchiliklarini qabul qilasiz,
eringizdan nolimaysiz.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
foydali
maslahat