Предыдущая публикация
Eng toza tuyg'u nima?
Birinchi maoshingizni keltirib berib,
otangizning duosini olganingizmi?
Birinchi marta sovg'a keltirib
berganingizda onangizning ko'zida
qalqigan yoshmi?
Birinchi bo'sami?
To'ykechasidagi hayajonlarmi?
Nogahon ko'z yumgan onangizning
qabrini silab yig'laganingizmi?
To'ng'ich farzandingizni ilk bor
maktabga yetaklab borganingizmi?
Hammasi... hammasi pokiza tuyg'ular...
Ammo.
Bola emizib o'tirgan ayolga zimdan
razm soling... go'dagiga termulib bola
emizayotgan onaning ko'zlariga
sinchikla-a-a-b tikiling... Eng oily tuyg'u
nimaligini shunda ko'rasiz!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9