Haj ibodatiga borgan bir musofir kishi
ko‘chadan yigirma besh ming AQSh
dollari miqdoridagi pulni topib olibdi.
Pul egasini topish maqsadida, OAVga
e`lon beribdi, tanishlardan so‘rab-
surishtiribdi, lekin harchand urinmasin
uyiga qaytgunicha ham pulning egasi
topilmabdi.
Yurtigaqaytgach ham so‘rab-
surishtirishda davom etibdi. Internet
tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi, ammo
bu ham foyda bermabdi. Oradan bir yil
o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun
sarflashni harom deb bilgan bu kishi,
rafiqasi bilan maslaxatlashib, pulning
hammasini beva-bechora va
kambag‘allarga tarqatib yuboribdi.
Oradan ko‘p o‘tmay uyiga ikki yigit
kelib, topib olingan yigirma besh ming
AQSh dollarning egasi ekanliklarini
aytishibdi va pulni qaytarishini
so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi kishi
nima qilishini bilmay, to‘g‘risini aytsa
ular ishonmasliklaridan qo‘rqib,
Allohga tavakkal qilib, ertaga
kelishlarini iltimos qilibdi.
O‘sha kuni tuni bilan ibodat qilib,
Allohdan uni bu hijolatli holatdan
qutqarishini so‘rab, yig‘lab duolar
qilibdi. Tonga yaqin charchab, ko‘zi
uyquga ketib qolibdi. Tush ko‘ribdi.
Tushida Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam unga qarab:
- “Xafa bo‘lma ey ummatim, sen
qo‘shni shahardagi Abdulloh ismli
kishini top va undan yordam so‘ra. U
sahovatli boylardan, senga albatta
yordam beradi va yana unga shuni
aytgin-ki, u mening chin ummatimdir,
u menga har kuni tongda yuz
marotaba salovat aytishni o‘ziga odat
qilib olgan”, debdilar.
Tongda turib, qo‘shni shaharga borib,
Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam
aytgan manzildan Abdullohning
xonadonini topib, uni chaqiribdi va
ichkariga kirishga izn so‘rabdi.
Ichkariga kirgach, u bilan salomlashib:
- “Meni sizning oldingizga Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam jo‘natdilar”, -
deb, bo‘lgan voqeaning hammasini
aytib beribdi.
- “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar, siz u zotning chin ummati
ekansiz va har tongda u zotga yuz
marotaba salovat aytar ekansiz” debdi.
Buni eshitgan Abdulloh xo‘ng-xo‘ng
yig‘lab:
-“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytgan odam siz ekansiz-da, kecha
mening ham tushimga kirib, sizning
kelishingizni aytgan edilar, sizni kutib
turgan edim”, debdi.
Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab, bo‘lib
o‘tgan voqeadan ta'sirlanib,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
bo‘lgan muhabbatlari qalblarida jo‘sh
urib, xo‘ng-xo‘ng yig‘labdilar. So‘ng
Abdulloh uyidan ellik ming AQSh
dollari olib chiqib:
- “Mana shu pulni hammasini oling.
Pulning yarmini topib olgan pulingizni
qaytarish uchun, yarmi esa Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan
muhabbatingiz uchun sizga hadya”,
debdi.
Haligikishi pulni olib uyiga qaytibdi.
Kelishilganidek pulning egalari
kelishibdi. U kishi pulni qaytara turib,
yig‘lab-yig‘lab ularga bo‘lgan voqeani
aytib beribdi. Ular ham bo‘lgan
voqeadan ta'sirlanib, pulni olishdan
voz kechishibdi. Ular ham Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan
muhabbatingiz uchun deb, pulni u
kishiga hadya qilib yuborishibdi....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев