"
Bir joyga yig`ilishga juda shoshib
ketayotgandim. Yo`l yuzida qo`l
ko`tardim. Oppoq “Lasetti”
to`xtadi.
Pulini kelishmasdan ham o`tirib
oldim.
Yo`lda ketarkanmiz fikru-hayolim
–
majlisga kechikmaslik. Biroz
yurgach
radiodan eshitilayotgan sokin
musiqa
tinchlantira boshladi. Nasib qilgan
vaqtda
yetib boramanda.
Mashina ichiga razm sola
boshladim. Did
bilan bezatilgan, ko`rinib turardiki
haydovchi yigit unga qattiq e`tibor
beradi.
Ko`zim old oynaning burchagiga
biriktirilgan suratga tushdi. Oppoq
ro`moldagi yuzlari nurli onaxon
surati edi.
- Onangizmi?- chidolmay
so`radim.
-Ha.- dedi yigit.
- Uzrku, hayotmilar?
- Hudoga shukr, nega qiziqdiz?
- O`zi, uzr…
Biroz sukunatdan keyin yigitning
o`zi gap
boshladi:
-Bilasizmi, ko`pchilik qiziqadi
nega suratni
yopishtirding deb. Ikki sababi bor.
Biri –
katta tezlikni yaxshi ko`raman.
Mashina
kam yo`lga tushib qolsam oyog`im
beihtiyor gazni bosadi qattiqroq.
Onamning suratlariga ko`zim
tushgach esa
tezlikni kamaytiraman. Bitta
o`g`ilman,
manga bir narsa bo`lsa onam
g`amni
ko`tara olmaydi deb qo`rqaman…
Uning gaplarida jon bor edi.
“To`g`ri”
dedimku o`ylanib qoldim – barcha
tez
yuradiganlar shunday qilsa
bo`larkan deb.
- Kechirasiz uka, ikkinchi sababini
aytmadingiz?- deb so`radim.
- Ikkinchisi va asosiysi – onam
doim ko`z
oldimda. Ko`chadagi ishlar,
tashvishlardan
siqilib ketsam ularning yuzlarini
ko`rib
barchasini orqaga tashlayman.
Onam
suratini kuni bilan ko`rsam ham
qattiq
sog`inaman baribir. Uyga
shoshilaman.
Peshonamdan o`pib kutib
olishlarini
tasavvur qilsam ishlarimni
yanayam tezroq
bitirishga urinaman.
- Sog`insez tez-tez telefon ham
qilib
turasizmi?
-Albatta. Ikiki soatdan ortiq
ovozlarini
eshitmasam o`zimni qo`yarga joy
topolmayman.
- Yaxshi…
Ichimda esa “Maqtanchoq ekanmi,
go`yoki boshqalar onasini yaxshi
ko`rmaydi” degan hayol keldi.
O`ylay
boshladim, u bilan o`zimni
beixtiyor
solishtirib. Onamning rasmlari
yo`q
yonimda. Telefonimda papkalar
ichida
chang bosib yotganini aytmaganda.
Uyga
hambu yigitdek shoshmayman.
Telefonda
esa…
Shu payt unga qo`ng`iroq bo`ldi.
Mendan uzr so`rab mashinani
chetga oldi.
Uzoq gaplashgani yo`q, lekin shu
qisqa
vaqtichida “Onajon”, “Labbay”,
“Ho`p
bo`ladi” kabi so`zlarni ishlatar,
juda
hushmuomila bo`lib gapirardi.
Unga razm
sola boshladim. Telefonda
gaplashyaptiku
har safar “Ho`p bo`ladi” deganda
egilib
ketay deyapti, go`yoki onasi
qarshisida
turgandek. Ko`zlarida esa
quvonchni
ko`rsa bo`lardi. Huddi yosh
bolakay
onasiga talpingandagi quvonchdek.
Farqi
shunda ediki yonimda yosh bola
emas,
kap-katta yigit o`tirar edi. U
bolalikdagi
o`shamehrni saqlab qolgan edi.
Unga xavasim kelardi. Agar bu
yigitni
onamlar ko`rganlarida edi – uning
onasiga
ularning ham xavaslari kelishi aniq
edi.
Yoki mendan qattiq o`ksinardilar,
shu
yigitchalik e`tiborli bo`lmaganim
uchun.
Negadir ichimdan bir achchiq
narsa toshib
kela boshladi. Ovozim bo`g`ilib,
hiqildog`imga kelib taqaldi.
Manzilga
qanday yetib borganimni
bilmayman.
Majlisgaham ninani ustida
o`tirgandek
bo`ldim.
Tushlik payti esa uyga shoshdim,
qo`limda
onam sevgan gullardan guldasta.
Uyga yaqinlashganim sayin
kayfiyatim
ko`tarila boshladi. Men juda
xursand
edim, onamni esa qanchalik
sevinishlarini
o`ylab yuzimda tabassum bilan
eshik
qo`ng`irog`ini chaldim.
- Assalomu alaykum onajon.
- Vaaleykum assalom. Tinchlikmi,
bu
paytda kelmasding-ku?- xavotir
olib
so`radilar.
Orqamda yashirib turgan
guldastani
uzatdim:
- Sizni juda sog`inib ketdim……
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15
hisoblaydi "MASHINADAGI SURAT…."
Bir joyga yig`ilishga juda shoshib
ketayotgandim. Yo`l yuzida qo`l
k6rila. Klasga klas atak. Oldindan
raxmat
kirin va do'stlarizi smslarini yashirin
tarzda o'qing va josuslik qiling !!!