Baxtiyor samimiy
hayotning qiyinchiligini ko’rgan
bola edi. U asli O’zbekistonlik bo’lib
kasalligi
sababbetobligini unutish uchun va
oilasiga
sezdirmaslik uchun Rossiya
Federatsiyasiga
oilasiga ishlagani ketyapman deb
ketgan edi. U
o’ziga yengil ish ham topdi, bo’sh
vaqtlarida esa
har hil o’zbek saytlarga kirar edi.
Doimgidey u
o’zi kirib yuradigan saytga kiradi va
zerikib chat
bo’limiga kiradi. U yerda uni do’stlari,
tanishlari
bir qiz bilan ya’ni ASAL nickidagi qiz
bilan
tortishishayotganini va u qiz ham
bo’sh kelmay,
haqoratqilayotganiga ko’zi tushdi.
Baxtiyor avval
bu nickdagi qizni ko’rmaganligini
payqadi va u
qiz bilan tanishmoqchi bo’ldi. Qizga
pochtada
"Salom yaxshi qiz, asabni asrang” deb
yozdi. 5
daqiqalar chamasi qizdan habar keldi.
Habar
quyidagicha edi "…Alik. Raxmat, asabni
jilovlay
olmayapman, ular meni o’g'il bola deb
o’ylashyapdi. Men qiz bolaman, hudo
haqqi!...”
deb yozilgan edi. Baxtiyor "Ha mayli,
siqilmang,
menularga tushuntiraman. Siz
bemalol
o’tiravering saytda…” deb yozadi. Qiz
esa "Yo’q!
Ortiq chiday olmayman, bu saytga
bugun a’zo
bo’lgandim. Endi kirmayman, sizga
omad!...” deb
yozadi. Baxtiyor u qiz bilan juda ham
suhbatlashishni hohlaydi va qizga
darrov
"Iltimos, shoshmang… Siz qaysi saytda
bo’lasiz?
Sizbilan do’stlashmoqchiman. Iltimos,
aytib
keting!...” deydi. Qiz Baxtiyorni o’zi
kiradigan
sevimli saytiga taklif qiladi. Yigit o’sha
zaxoti qiz
aytgan saytga a’zo bo’ladi va ular shu
yerda
yaqindan tanishishadi. Qiz - ismi
Sabina, 1991
yildatug’ilganligi, "mitistka”ligini - otasi
o’zbek,
onasitatarligini, asli
O’zbekistondanligini,
hozirda oilasi bilan Rossiya hududida
yashayotganini, o’zi esa Yuridik
institutida
o'qishiniaytadi. Va xo’rsinib "Ehh…
menda shu…
lekin hech nimaga qiziqmayman”
deydi. Baxtiyor
esa buning sababini so’raydi – "Kim
hafa qildi
yoki anavi saytdagi ish uchun hali ham
hafamisiz”
deb suraydi. Qiz "Yo’q. Bilasizmi, men
kasalman
RAK!...Qancha umrim qoldi
bilmayman. Hozirda
men shifoxonadaman - onkologiyada
davolanayapman, jonlantirish
bo’limida. Bundan
10 kun avval bexush holda olib
kelishgandi…”
deydi. Yigit bu so’zlarni o'qib qurqib
ketadi.
Chunki bu kasallik unga begona
emasdi… Yigit
ham qizga o’z dardini, o’zi haqida
aytib beradi.
Ular samimiy chin dust bo’lishga, doim
suhbatlashib turishga kelishib olishadi.
Kunlar shu tariqa o’tadi. Qiz bu saytda
sevgani
borligini va dugonasi borligi aytadi.
Yigitni ham
endi ular qatori eng yaqin insoni
ekanini
ta’kidlab o’tadi. Baxtiyor ishdan
qaytgan zaxoti
sayt manzillarini yozib SABINAANGELni
izlar edi.
SABINANGEL bu qizni nick nomi edi.
Qiz esa
doimgidek saytda do’stlari, dugonasi
bilan
suhbatlashar edi. Bahtiyor qizni
onlineligini
ko’rib hursand bo’lib ketardi. Lekin u
qiz kasalligi
uchun achinardi. Soat tungi 02:30 da
ham Sabina
saytdan chiqmas edi. Baxtiyor va ko’p
do’stlari
"Saytdan chiq, senga mumkin emas.
Sabina
ozgina uxlab ol, yana kirasan seni
kutamiz!...”
deb tergashsa, Sabina "Nima meni
haydayapsizlarmi, men uxlamayman,
uxlashdan
qo’rqaman. Nega haydaysizlar, qayta
uyg'onmasamchi?...” deb hammani
kayfiyatini
tushirib yuborardi. Sabina saytni
erkatoyi edi.
Bahtiyor Sabina bilan har kuni tunda
suhbatlashar edi. qiz har doimgidek
umidsizlanib
borayotganini, hayotga bo’lgan
qiziqishi so’nib
borayotganini aytadi. Yigit ham
kasalligini, u ham
kup yashamasligini aytadi. Qiz esa
"Yo’q, siz hali
ko’p yashaysiz. Ko’p umr ko’rasiz, men
buni
bilaman. "1jon2miz3un (yani bir jon
ikkimiz
uchun )”
Yigit qizni chalg'itish uchun dunyo
go’zalliklari va
sevgihaqida so’zlab berardi. Qiz juda
ham
samimiy, dunyo qarashi keng, samimiy
do’stlikni
hurmat qiladigan musilmon qiz edi.
Har bir
so’zida Allohga shukr omin, deb so’zlar
edi.
Oradan bir oy o’tadi. Kunlar shu
zaylda o’tadi.
Kunlarnig birida yigitning ishlash
joyida kasali
huruj qiladi va u shifoxonaga
joylashtiriladi.
Baxtiyor Sabina bilan gaplasha
olmagani uchun
afsuslanadi va tezroq sog'ayib, saytga
kirishni
Sabinabilan suhbatlashishni hohlaydi.
Fikri
hayoli qizda bo’ladi va Baxtiyor 19-
avgust kuni
(sanaga ahamiyat bering) operatsiya
stoliga
yotqiziladi. Oradan ancha kun o’tib
Baxtiyorni
ahvoli yaxshilana boshlaydi. U uyiga
sentyabr
oyidaqaytadi va uyiga kirib, darhol
kompyuterini
yoqadi. Sabina bilan suhbatlashadigan
sayti
manzilini yozadi…Afsus, ming afsuski…
sayt
yopilgan edi. Yigit shok holatiga
tushadi. Eng
yaqin insoni – Sabinani yo’qotganini,
endi uni
qayerdan izlashini o’ylaydi. U qayta-
qayta sayt
manzilini yozadi. Afsuski.. yo’q… sayt
yo’q
bo’lgandi. Baxtiyor har kuni har hil
saytlardan
Sabinani izlaydi lekin afsuski qizni
hech bir
saytdan topa olmaydi. U qizni topish
orzusi bilan
yashay boshlaydi. Oradan bir oy
o’tgandan so’ng
u a’zo bo’lgan saytga kiradi. Chat
bo’limida yangi
do’stlari bilan suhbatlashayotganida
uni
pochtasiga habar keladi. "Salom! Siz
romantika
(Sabina bilan suhbatlashgan saytni
aytadi)
saytidagi Baxtiyormi-a?...”. Bahtiyor
hayron bo’lib
"Ha. Siz meni qayerdan taniysiz,
kimsiz?” deya
javob yozadi. Yana habar keladi
"SABINAANGEL”
Sabinani eng yaqin dugonasi
Janonaman
tanidizmi?”… Yigit qizni taniydi va
darhol undan
sayt yopilganini, Sabina qaysi
saytdaligini, uni
izlayotganini aytadi… Qizdan ancha
vaqtdan
so’ng habar keladi, habar quyidagicha
edi: "Ehh,
afsus… afsuski sayt yopildi. Bizni
erkatoyimiz
Sabina esa olamdan o’tgan… sizni
habariz
yo’qmidi, u 19-avgust kuni olamdan
o’tdi. Buni
menga singlisi Albina aytdi. Oxirati
obod bo’lgan
bo’lsin....”
Baxtiyorbu so’zlarni qayta-qayta
o'qiydi. "Yo’q
bo’lishi mumkin emas! Yo’q u hayot!”
deb
ishonmaydi. Afsuski Sabinaning singlisi
Albina
ham opasi vafot etganini yozadi. Yigit
ishongisi
kelmaydi, "Nahotki… nahotki 19-avgust
men
operatsiya stoliga yotgan kun u
farishtaga
aylanganbo’lsa… nahotki,
"1jon2miz3un” bu
haqiqat bo’lsa, u jonini menga hadya
qildimi?...
U endi yo’qmi, diydor mahsharga
qoldimi?...” deb
yigit dod soladi. Haqiqatda ham qiz
saytdagi
nickigaloyiq farishtadek qiz edi.…
(TAMOM)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4