
Xotiralar tuni bilan qiynaydi,uyqimda xalovatdan asar xam yo'q,tunlarni bedor bo'lib o'tkazish men uchun odatga aylanib qolmoqda,meni nazdimda qayerdadir adashtim yoki biror mushtipar insonni ko'nglini qattiq ranjitganga o'xshayman,aks xolda bu axvolga tushmasmidim... Inson o'z kechinmalari qurshovida qolsa boshqa xayotga tushib qolganday yasharkan,yegan ichganda xalovat yo'q,na yotib turishda. Xuddi bulutlar to'planib yomg'ir yog'a olmayotgan manzaraga o'xshaydi. Mening ko'nglim xam shu bulutlar kabi... O'ylab,o'ylab shu ya'ni dildagi dardlarni qog'ozga to'kish qaroriga keldim. Bolaligim xozirgi kunga qadar shodu xurramlik,to'kinlikda o'tdi,birovdan kamim yo'q otam va onam xayot,ularni duolari borligi uchun shu kunlarni ko'rib turibman. Ammo xayotimda nimadir yetishmayotganga o'xshaydi. Uni esa o'zim xam bilaman bu - farzand...
Uylanganimga mana 8 yildan oshibdiki tirnoqqa zormiz. Ayolim bilan ko'rinmagan doktor,bormagan joyimiz qolmadi. Xammasi bir xil so'z,bir xil tashxis qo'yishdi "sizlar sog'lomsizlar"...
Shu tariqa yashashda davom etamiz,lekin bu bo'layotgan voqealar,tanish bilishlar orasidagi gaplar meni befarq qoldirmasdi. Men endi alamimni ichkilikdan olishni,tunlari kelib uyda janjal qilishni boshladim. Ota onam meni ko'rib ich etlarini yeb bitiryotgani shundoqqina bilinardi. Rafiqam esam tunlarini yig'lash bilan o'tkazardi. Xayotimni bu zaylda davom etishini xoxlamay xatto ajralishgacha o'yladim,lek tasavvurimga sig'dira olmasdim. Xotinimni uyiga jo'natvormoqchiyam bo'ldim. Shunday kunlar xam yetib,xammasi uzil kesil xal bo'la boshladi. Xotinim ertaga uyiga ketadi,bugun kechasi esa u doimgidanda kuchliroq yig'ladi,xudoga yolvordi. Men esa mast xolatda kelib yotdim. Tong xam otdi,"u"esa yig'layverib madorsiz bolib qolganidan yonimga kelar ekan,bir nimaga urilganday xushdan ketdi,bu xolatni ko'rib jinni bo'la yozdim. Darxol uni kasalxonaga eltishga oshiqdim. Mana yarim soat vaqt o'tibdiki xali xanuz shifokordan darak yo'q. Yana birozdan so'ng esa xamshira kelib,meni shifokor xonasida kutayotganini aytdi va ming xavotirlar bilan yoniga kirdim. U shunday so'zlar aytdiki ko'zimdagi yoshlarimni yashira olmadim. Bu so'zlar esa "tabriklayman ayolingiz xomilador,yaqinda ota bo'lasiz"......


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 25
Juda ta'sirli chiqibdi! Sabrli bo'lishda gap ko'p! Ba'zida odamzod o'iz shunaqa...sabrsiz bo'lib oladida, ko'ziga huddi hamma narsa unga qarshiday tuyulaveradi! Bundan yomoni bo'lmaydi! Hammasi yahshilik bilan tugabdiyu asosiysi...!
Ijodkorimizzi qullari dar kurmasin...!
куз тегмасин укам жудаям яхши ёзибсиз ишлариз омад ижодизга янада зафарлар тилеман. Оллох хар бандани кайсидир йуллар билан синар экан , кахрамониз хам астойдил тобланибди бу синовларда сунги нуктага келганда хаммаси яхшилик билан тугагани яхши бубди, бундада зурларни кутиб коламиз