Insonlar o'ziga kerakli narsalarni yo'qotganida yoki ulardan uzoqlashganida shu narsani o'rnini xis eta boshlarkan…
Masalan men,o'z yurtimizdagi oliygohga kirolmagach,bir tanishim orqali chet elga oqishga keldim. To'g'ri,boshqa davlatda oqishni o'ziga yarasha gashti bor,lekin yaqinlaring yonida bo'lish baribir boshqachada...
Sog'inchdan zerikarli,yaqinlarimdan uzoqda bo'lgan kechalarning birida,taxsil olayotgan yurtning qorong'u,sokin va o'ziga xos ko'chalarida sayr qilarkanman,nogohon miyyamga sohil bo'yida suvni kuzatib bu zerikishlardan bir oz chalg'irman degan fikr kelib qoldi,shu tariqa sohil tomon yo'l oldim.
Mana bu orada mayin yomg'ir xam o'z tomchilarini to'ka boshladi...
Men esa suv yaqinida shirin xayollarga berilib,bir qo'limda mungli musiqa sadosi yangrayotgan telefon,birida esa qog'oz qalam b.n oqqushlarni va atrofimda qur qur qilib kimdandir yemish kutayotgan kabutarlarni kuzatib otiribman.
Kelmaysizmi..?
Ana suvni nimadandir cho'chib shitirlagan ovozi eshitildi. Qushlar esa 180 gradusga bura oladigan boshlarini egib nimalarnidir o'ylashyabti menimcha...
Mana yana yovvoyi suv o'rdaklari uchib keldi suvni yuziga.
Qarshimda esa sanoqsiz (taxminimcha 10dan ortiq) oqqushlar sokin,oy shulasidan baxramand bo'lishib yana bir kunni o'tkazishyabti...
Oqqushlarga tobingiz qalay!
Kelmazsizmi..?
Nimagadir kelmaydi uyqu
Xayol cho'mib qolaman turg'un
Xayollarning otashimi yo
Meni dardla etgani surgun.
Nimagadir bugun men bedor
Alla kimni eslarman balki
O'y xayollar etdiku abgor,
Go'yo qalbda dardli alla nima bor.
Bu qalb o'lib bo'lgan ko'p avval...
Muhammadaziz,umr daftari u.n maxsus.
(Mr Anonymous sheridan foydalanildi.)

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14
жудаям рамантик рухда ёзилган аслида ёзилган фактлар булган вокелардан тасирланган холда тузилган , сўз бойлиги тугри кулланилган койил !
ming bora tashakkur xonimim)))