Kun xam sekin asta osmon oralab o'zining qorong'u pardasini ocha boshladi.Meni ko'zlarimda esa seni visoling qarshisidagi parda xali xamon o'z ifodasini yo'qotganicha yo' q.Bu parda ortida esa doimo seni ruxsoring...Xar vaqt ko'zimni yumib xayolga berilar ekanman,sen bilan o'tgan onlar xuddi 'fotoapparat' plyonkasi singari ko'z o'ngimda namoyon bo'la boshlaydi.Dunyo xamisha bepoyon va mislsiz,buni esa seni yodga ola boshlaganimda xis eta boshlayman.Yaxshiyam sen borsan,yo'qsa dunyolarga sig'masmidim..?Balki atrofimdagilar meni 'mashrab' deb atashgan bo'larmidi..?Yo'q,yo'q bunga aslo yo'l qo'mayman.Axir qalbimda, xayotimda va xayollarimda sen borsan-ku...Lek seni ishqing bilan bu nomni olish men uchun qaysidir ma'noda xuzurbaxshday tuyuladi go'yo...Odamlar xamma narsani davosi vaqt deyishadi,vaxolanki men xam shu fikrdaman.Ammo bu vaqtlar orasida sening visolinga yetishish,xuddi baxor tarovatini yodga soluvchi iforday nozik xidlaringni tuyish,ko'munchoqday ko'zlaringa termulishga bo'lgan ishtiyoqim tobora ortib bormoqda.Balki shu orqali sevgimiz mustaxkam va uzilmas bo'lar.Balki mana shu tuyg'uni asl muxabbat deyishar,yoki buni aksi hijronmikan...? Lekin nima bo'lgandayam men yashashda,bu dunyoning lazzatlaridan baxramand bo'lishda davom etaveraman.Axir qalbimda.xayotimda va xayollarimda uning mazmuniga aylangan sen borsan-ku...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6