( Dilmurod QOSIM )
Ba'zan kiprigida inju yosh ko'rdim, Nafis yelkasida tog' ~ bardosh ko'rdim. Tovoniga botgan chag'ir tosh ko'rdim, Quyoshdan olingan xusni jamoli, O, o'zbek ayoli, o'zbek ayoli.
Qadamiga yo'llar ravona bo'lgay, Uni sevgan oshiq devona bo'lgay, Har kunga yuragi ostona bo'lgay, Saharday bokira uning visoli, O, o'zbek ayoli, o'zbek ayoli.
Dalani uyg'otgan dala armonim, Osmonga talpingan o'zi osmonim, Hech tinim bilmaga, sarg'aygan jonim, Mudom dalasida qolgan hayoli, O, o'zbek ayoli, o'zbek ayoli.
Quyoshga talpingan sirli bog'imsiz, Kimsasiz yurakda qolgan ohimsiz, Gunohkor dunyoda begunohimsiz, Mudom ro'zg'orida bo'lgan hayoli, O, o'zbek ayoli, o'zbek ayoli.
Qaqragan saxroning bulog'i sizda, Azobu shodlikning so'rog'i sizda, Jannat daraxtining titrog'i sizda, Mudom bolasida bo'lgan xayoli, O, o'zbek ayoli, o'zbek ayoli.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев