
Tingla ma'nosiga bergil etibor
Otang goxo senga bersa xam ozor
Otangning dilini oģritma zinxor
Bilsang yuqdan seni bor qilgan otang
Baxtu iqbollarga yor qilgan otang
Sen uchun uzini xor qilgan otang
Otangning dilini oģritma zinxor
Otang amrin bilgin amri Xudo deb
Qabul et xar suzin ayni duo deb
Odobu axloqu sharmu xayo deb
Otangning dilini oģritma zinxor
Umidla yaxshi ot quydirgan senga
Uzi yimay ichmay yidirgan senga
Zar duppi zarbof tun kiydirgan senga
Otangning dilini oģritma zinxor
Otang boshing uzra soyasi davlat
Xam toģday tayanching xam kurku savlat
Yaragingga quru belingga quvvat
Otangning dilini oģritma zinxor
Qarib kuch quvvatdan qolgan u bugun
Endi yilkasidan ol oģir yukin
Iymonu ishonching bor bulsa butun
Otangning dilini oģritma zinxor
Otang nomin qancha uliģlasang oz
Chunki u beqiyos murabbiy ustoz
Ishlarim doimo busin desang oz
Otangning dilini oģritma zinxor


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев