
Kamtargina o'tardi.
Onajonim behosdan,
Qattiq shovqin ko'tardi.
Avvaliga telefon qilib,
So'radilar holimni.
Koyidilar,"kim yo'qlagay
Men bag'ritosh zolimni".
So'ng dedilar telefonda,
"Bugun maqsad o'zgadir,
Bilgim keldi bolajonim,
Ko'ngling qaysi qizdadir?"
"Kuni kecha seyfingni,
Taxlab qo'ydim sandiqqa.
Uylansang bas bolajonim.
Esli hushli do'mbog'im."
Shu singari qo'ng'iroqlar,
Qishin yozin tinmadi.
Biroz bo'ydoq yuray desam,
Onajonim qo'ymadi.
Sutday oqman onajonim,
Yurganim yo'q qiz bilan.
Yigitman deb sen Toshkentda
Yurding qaysi yuz bilan.
Yigit degan to'rt besh qizni,
Sevmaydimi bir pasda.
Biri erga tegib ketsa,
Biri qolar zapasda.
Eh onajon zamon boshqa,
O'zgargan ishqqa talab.
Qizlar ham sho'x,
Zapas oshiq qo'yishmoqda hozirlab.
Men ham qattiq sevgan edim,
Gul tutib fasta dasta.
Besh sevgilim erga tegdi,
Men hali ham zapasda.
Ko'rib nochor ahvolimni,
Onam ko'ngli buzildi.
Ertasiga urug'lardan,
Komissiya tuzildi.
Kelin topish qasdi bilan,
Bellar mahkam bog'landi.
Rayislikka bir ovozdan,
Katta ammam saylandi.
Bir oy semiz papkalarda,
Ma'lumatlar to'plandi.
Oy so'ngida komissiya,
Hisoboti tinglandi.
Katta ammam nutq so'zlar,
Chaynab ko'k choy shammasin.
Men esa bosh silkigancha,
Tinglab turdim barchasin.
Xullas deb yana omad,
Menga kulib boqmadi.
Komessiya topgan qizning,
Bittasi ham yoqmadi
O'sha kundan boshlab men,
Qishlog'imga qaytganman
She'r davomin do'stlarim,
Uylangandan keyinroq aytarman.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев