
Yaratgan Alloh uchun, nahot sajda qilmasak.
Molu dunyo dardida, gunohlarga botamiz.
Qasrdek uy qursak ham, qabrlarda yotamiz.
Alloh bizni yaratdi, ibodatni farz qildi.
Rasulin ustoz aylab, Quronni U dars qildi.
Musilmonman deymizu, sajda nima bilmaymiz.
Masjidlardan uzoqmiz, quron hatm qilmaymiz.
Umr o'tar bir zumda, axir dunyo besh kunlik.
Namoz o'qish tekindir, masjid emasku pullik.
Biz Allohga quldirmiz, baxtimizdir bu qullik.
Namoz bizga farz bo'ldi, bo'ynimizda qarz bo'ldi.
Namoz kofir mo'minni, ajratuvchi pardadir.
Namozxonga namozi, qiyomatda daldadir.
Qiyomatda namozi, mo'min uchun hujjatdir.
Benamozlik bu dahshat, qiyomatda kulfatdir.
Hash pash deguncha umr, o'tadiyu ketadi.
Ölimning uchqur oti, bir kun quvib yetadi.
Buguncha biz tirikmiz, erta qabr kutadi.
Özini mumin bilgan, namozni döst tutadi.
Benamozlik bu dahshat, hisobi mushkul kechur.
Benamozlar dözaxda, qaynoq suvlarni ichur.
Qabrda benamozni, ulkan qiynoq kutadi.
Qiyomatda benamozni, dözax albat yutadi.
Benamozlik bu kulfat, kofirlikdan nishona.
Naxot ötar umrlar, sajda körmay peshona


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев