
Axdu paymon zo`rdir,zo`rdir sadoqat.
Otabek Kumushlar sevgi bobida,
Ip xam esholmaydi ular oldida.
O`zingiz aytingchi Majnun xech qachon,
Daraxt tanasini o`yib beshafqat,
Layliga qilganmi ishqini bayon.
Mana buni derlar asl muxabbat.
Yoki ayting Farxod Shirindan boshqa
Seva olganmikan ko`plab qizlarni,
Ko`mirla yozganmi devor-u toshga
Farxod+Shirin degan so`zlarni?
Didi nozik deyman yoshlarning chog`i
Tanlab, so`ng sevgisin izxor etadi.
Uchrab qolsa agar chiroylirog`i
Oldingisin darxol tashlab ketadi...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев