Qizcha baqir-chaqir ovozi sababli uyqudan uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning
ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib
turgan yetti yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan
haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham
kerakmas.
- Nima dediz? Hali
bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,
ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga
yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman!
Bola bitta meniki emas, tug'dirib
qo'ydizmi, tak shto eplab boqing endi!
Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib ketdi. Xuddi shu
taxlit ota ham tashqariga chiqib
ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U hali ancha yosh bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik
qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima
qilishni bilmas, u ham
ko'chaga chiqib ketishni va uyga
hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga kirmoqchi edi,
yo'qol ko'zimdan degan javobni
olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas,
yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan öylardi: "Men ota-onamga kerak emasman. Buvim meni yaxshi ko'radi, meni haydamaydi..." Shu hayollar ichida ketayotgan qizaloq
yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi. Og'riq kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yig'lolmasdi. Jon talvasasida özining kinolarda körganidek dunyodan köz yumishini taxmin qilar, lekin bundan qörqmasdi. Boshidagi sönggi öylari shunday edi: "Endi dadam bilan oyim hech qachon urushishmaydi...
Shunday ajoyib mavzular faqat bizni guruhimizda qushiling AfsusLanmaysiz http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=57269471215654&_prevCmd=userAltGroups&tkn=345


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1