Assalamu
Alaykum va Rohmatullohu va Barokotu!. Bu
olam ibrat olishni istagan kishilar uchun
hamisha hikmatga to'ladir. Har bir narsaga
ibrat olish istagi bilan qarash hayotning
haqiqati va hikmatini topishning kalitidir.
1950 yilda Shimoliy Koreya (KXDR) armiyasi
Janubiy Koreya Respublikasiga bostirib kiradi.
Janubiy Koreya armiyasi tomonida AQSH va
19 ta davlatning BMT bayrog'i ostidagi
armiyasi jang qilardi. 3 yildan so'ng urush
tugaydi. Shunday kunlarning birida AQSHdagi
boy xonadonlarning birida telefon jiringlab
qoladi. Telefon trubkasini ko'targan ayol
hayratdan quvonib, o'z o'g'lining ovozini
eshitadi. Onaizor uzoq muddat davomida
Koreyada bo'lgan o'g'lidan shu paytgacha
hech qanday xat-xabar olgani yo'q edi.
Shuning uchun aziz o'g'lining hozir
Amerikada ekanligidan, okean qirg'og'idagi
San- Diyego shahridan uyiga
qaytayotganidan quvonib ketadi. - Oyi, men
sizga faqat shuni aytmoqchi edimki, o'zim
bilan quroldosh do'stimni olib boryapman. U
qattiq jarohatlangan - ko'zi, qo'li va
oyog'idan ajralgan. Men uning biz bilan
yashashini xohlardim. - Tushunarli, o'g'lim, -
javob berdi ayol. - U juda jasur va mard
yigitga o'xshaydi. Bizda uning uchun bir
necha muddatga joy topiladi. - Oyi, siz meni
tushunmadingiz. Men uni biz bilan yashashini
xohlardim. - Ha, mayli, - javob berdi ona. - Biz
uni uyimizda 6 oygacha saqlashimiz mumkin.
- Yo'q, oyi. Men uni biznikida doimiy qolishini
xohlayman. Biz unga juda ham kerakmiz.
Uning faqatgina bir ko'zi, bir qo'li va bir
oyog'i bor. U dahshatli holatda. Gap shu
yerga kelganda ona sabr-toqatini yo'qotdi. -
O'g'lim, sen vaziyatga to'g'ri qaraydigan
holatda emassan. Sen urushda
qatnashganing uchun ham unga juda
rahming kelyapti. Bu sheriging senga va
bizga dardisar bo'lib, hammamizga jiddiy
tashvishlar keltiradi. Aqlli odam bo'l. Telefon
birdan jimib qoldi. Ertasiga yetib kelgan
telegrammadan uydagilar dahshatga
tushishdi. Ya'ni, o'g'li o'z joniga qasd qilib,
San-Diyego mehmonxonasining 12-
qavatidan o'zini tashlabdi. Bir hafta o'tgach,
ularning uyiga armiya tobuti keldi. Daxshatli
qayg'uga botgan ota va ona tobutda
o'zlarining bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i
yo'q o'g'illarining jasadini ko'rdilar..!
#новости


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1