Hammasi
risoladagidek: uchrashuv, sovchilar,
keyin esa töy. Birga yashay
boshlaganlarida esa ular turmush
aslida juda murakkab ekanligini
tushundilar. Ha, ular qachonlardir orzu qilgan
tökis baxtga erishish
uchun qanaqadir maishiy
muammolar, ikir-chikir masalalaru
behuda gap-sözlar halal berardi
göyo. Bular bahslarga, bahslar
tortishuvlarga, tortishuvlar esa janjallarga
sabab bölardi. Qiz ham,
yigit ham bir- birlarini chin dildan
sevishardi hamon, lekin ularning
özaro sevgisi ham bu kabi
bahslarning oldini olishga ojiz
qolardi ba'zida. Navbatdagi tortishuvlarning
birida qiz yigitga
e'tiroz bildirdi: "Qanaqa odamsiz özi?
Töyimizga shuncha vaqt böldi, bir
marta bölsin, sayrga chiqmadik
birga. Uyda bölganizda ham doim
janjallashamiz. Uyga men uchun hech qursa
bir dona gul kötarib
kelmadingiz. Bugun ham yarim soat
vaqtizni mendan aziz köryapsiz".
"Sen doim özingni birinchi öringa
qöyasan. Baribir meni
tushunmaysan". Shunday deb eshikni jahl b-n
yopib chiqib ketdi. U
ketgach qiz yig'lab yubordi:
"Töyimizga bir yil böldi, u unutibdi,-
biroz ötgach tinchlandi va özicha
qöshib qöydi,- baribir sizni yaxshi
köraman". Bayramona taomlar tayyorlash u-n
oshxonaga shoshildi.
Yigit ham uydan chiqarkan
dilxiralikdan xafa böldi. "Bugun
töyimizga 1 yil böldi, bu esa
ertalabdan..." U ishdan ertaroq chiqib
sovg'a oldi. Gul dökoni oldidan ötayotib,
ertalabki tanbeh yodiga
tushdi va jilmayib qöydi. Eng chiroyli
guldastani xarid qildi. Gulga mehr b-
n tikilib u ham hayolidan ötkazdi:
"Baribir seni sevaman!" Yigit shu
hayolda köchadan ötarkan, röraradan katta
tezlikda u tomon
kelayotgan mashinani ilg'amay
qoldi... Qöng'iroq ovozidan eshikni
ochgan qiz militsionerlarni körib
hayron qoldi. Ular bölganlarni qizga
ehtiyotkorona yetkazishdi. Har ehtimolga
qarshi shaxsini tasdiqlash
u-n unga fotosurat berishdi. Qiz
tinmay yig'lardi. Ha, suratda uning
eri. Yerda... jonsiz holda... Uning köz
yoshlari fotosuratda yigit mahkam
quchoqlab olgan guldasta yuziga tomchilardi.
#новости


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 77