Poyezdga yetolmagach yigit
yugurishdan töxtadi. "Jin ursin
ösha svetaforni,- hayolidan
ötkazardi u,- ertaroq
harakatlanish kerak edi.
Qayerdanam ösha betayinning
mashinasiga ötirdim!" U asabi
tarang holda ortga ögirildi. Shu
vaqtda xuddi özi kabi poyezd
ortidan afsuslanish bilan qarab
qolgan qizga közi tushdi. Qizning
uzun sochlarini shamol öynab,
xafaqon yuzlariga tushirarkan,
yigit undan közlarini uzolmay
qoldi. Haqiqatda, qarshisida
judayam sohibjamol 21-22
yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz
ham yurishdan töxtadi. Uning
shaxlo közlari anchagina
olislab ketgan poyezdga
termulgan köyi yig'lab
yuborishga tayyor turardi. Yigitga
qizning bu holati judayam g'alati,
özgacha jozibali tuyulardi. Ayni
damda yigit poezdni unutib ham
yuborgandi. "Yaxshiyam shu
svetafor bor ekan", - tabassum
qildi u. Qiz ham taqdirga tan
berdi shekilli, yigit tomonga
qaradi.
- Salom, -dedi yigit.
- ...
- Poezdda ketadigan odam
bunday ertaroq harakat qilishi
kerakda.
- Sizga öxshabmi,- kuldi qiz.
- Yöq, men poezddan sizni körib
tushib qoldim.
Qiz javob bermay vokzal ichi
tomon yöl oldi. Yigit unga yetib
oldi va gapirishda davom etdi:
- Bu shaharda hamma shoshadi,
xatto poezdlar ham.
- Sizchi?
- Menmi? Shoshib qayerga ham
borardim. Taqdirimda nima
yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz
taqdirga ishonasizmi?
- Yöq.
- Bekor qilasiz.
Qiz kassaga borib keyingi poezd
qachon bölishini söradi. 8
soatdan keyin degan javobni
eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni
esa ushbu javob mutlaqo
xursand qilib yuborgandi. Chunki
bu gözal qiz tobora uni maftun
qilib borardi.
(davomi komentda)
#новости


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
Yigit bölsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab
turinglar ösha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan,
uning özini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib
ötirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani.
Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
söradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan
ruchka bilan qöliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz
örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami?
- Ha.
- Avtob...Ещё- Afsus,- dedi qiz.
Yigit bölsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab
turinglar ösha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan,
uning özini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib
ötirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani.
Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
söradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan
ruchka bilan qöliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz
örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami?
- Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yöl.
Umuman olganda keyingi
poyezdni kutishning foydasi ham
yöq. Maylimi, sizga hamrohlik
qilsam? Faqat yöq demang.
- Nega endi yöq demasligim
kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz
bilan bitta avtobusda birga ketish
yozilgan bölishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga ishon...
Qiz oxirigacha gapirolmadi.
Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga körsatgach
hayratdan gapirishdan ham
töxtab qoldi. Yigitning qöliga
bejirimgina harflarda qizning
ismi yozilgandi. Qiz örnidan
qözg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yönalgan yigitdan
söradi:
- Qayerdan topdingiz?
Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini
avval köksiga, keyin peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar...
* * *
Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga
chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit
kamzulining kissasidan judayam ixcham,
lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga
tutdi:
- Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi.
Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu
sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan
öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron
qoldirishda davom etmoqda edi
- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q,
ishonavering, - kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib
men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda
yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum
qilishga majburlay olardi.
Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq
narsalar haqida gapirib berar, u oddiy
narsalar haqida ham shunday kulguli va
jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi,
teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz
yigitdan söradi:
- Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta
qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan
söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz
fikrini siz-u menga shunchaki
bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq,
yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday
kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini
örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari
orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning
nima haqd...Ещё- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q,
ishonavering, - kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib
men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda
yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum
qilishga majburlay olardi.
Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq
narsalar haqida gapirib berar, u oddiy
narsalar haqida ham shunday kulguli va
jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi,
teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz
yigitdan söradi:
- Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta
qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan
söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz
fikrini siz-u menga shunchaki
bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq,
yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday
kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini
örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari
orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning
nima haqda gapirayotganlarini tushuna
olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda
oyijonizga qöng'iroq qilgandiz...
Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini
yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu
men ...man.
- Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon
yetib kelasan?
- Oyi, poyezddan qolib ketdim.
Mehmonxonada tölovlar böyicha muammo
böldi. Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi
avtobusda bora qolaman. Shuning uchun 3-4
soat kechikaman, xavotir olmang.
- Vaqtliroq harakatingni qilsang bölmaydimi?
Bu yoqda hamma seni kutib ötiribmiz.
Bugungi kunni unutdingmi?
- Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim.
Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib
qoldi. Böldi, mana yölga chiqyapman.
- Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin.
- Xöp oyijon, xavotir olmang...
Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan
chog'ida kuzatib ötirganini yodga oldiyu
hammasini fahmladi. Barchasi ravshan
bölgach qiz kuldi:
- Demak siz joyizda ötirgan holda
uzoqdagilarning ham nima haqda
gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami?
- Agar lablari harakati körinarli bölsa, ha.
- Unda anavi orqa örindiqda ketayotgan oq
sochli odam yonidagi ayolga nima haqda
gapiryapti?
Yigit orqaroqda ötirgan ösha kishi tarafga bir
muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima
haqda gapirayotganligini tushuntirdi:
- U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi turmush
örtog'i, qizlarini körishga ketayotgan
bölishsa kerak.
- Qizlarini?
- Ha. Qizlari shifoxonada ekan.
- Hm... Anavi oldingi örindiq yonida tik turib,
hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz nima
haqda gapiryapti?
Yigit ösha tarafga qarab kulib yubordi.
Qizning ma'noli qarashiga sokin javob
berishga urindi:
- U siz haqizda gapirdi. Menimcha
aytmaganim ma'qul.
- Men haqimdami? Ayting, nima dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qölidan
mahkam ushlab olibdi, xuddi qöyib yuborsa
men olib qochib ketaman, dedi.
bu öyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga
berilib ketgan va yigitning öng qölini siqib
olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun
ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qölini tortib
oldi. U oynadan yöl chetida yastanib yotgan
dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi
yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish...
Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha
hayol surayotgan qizning hayolini yigitning
ovozi böldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul
qilvolish kerak.
- Hm.
- Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan
öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib
tashladi.
Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga
chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning
qaysidir mavzudagi sokin sözlari ta'sirida
közi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika,
shahrizga yetib keldik.
Qiz avtob...ЕщёQiz yarq etib öz holatiga diqqat qildi. Chindan
bu öyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga
berilib ketgan va yigitning öng qölini siqib
olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun
ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qölini tortib
oldi. U oynadan yöl chetida yastanib yotgan
dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi
yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish...
Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha
hayol surayotgan qizning hayolini yigitning
ovozi böldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul
qilvolish kerak.
- Hm.
- Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan
öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib
tashladi.
Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga
chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning
qaysidir mavzudagi sokin sözlari ta'sirida
közi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika,
shahrizga yetib keldik.
Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi.
Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz
yurishsa bas.
- Mana bu sizga,- yigit qizga tumor tutdi shu
payt,- tug'ilgan kuniz bilan!
- Rahmat, hojati yöq, shundog'am yetarlicha
syurpriz kun böldi bugun.
- Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri, bu tumor u
qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun
qadrli. Bu sizga ham omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qöliga
olarkan,- chindan omad keltiradimi?
- Albattada.
- Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz?
Qizning jilmayib söragan savolidan söng yigit
uning közlariga qaradi va kulib javob berdi:
- Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik
dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu onda...
Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan
tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin
negadir bunday qilishda ularda xohish
topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni böldi:
- Mayli, hammasi uchun rahmat sizga, omon
böling.
- Siz ham.
- Xayr...
- Nega endi xayr? Balki yana uchrashib
qolarmiz?
Qiz jilmaydi:
- Qaydam...
- Men esa ishonaman,- yigit qölini avval
yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,-
axir buni taqdir deydilar...
Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu burilib
ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida
faqat bir söz aylanardi: buni taqdir deydilar...
Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi bor
ayrilmoqda edilar... Qiz ancha yurib ortiga
ögirilib qaradi. Ancha narida biroz surbetroq,
lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit
xuddi u kabi ögirilib unga qarab turardi ...
* * *
qöygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning
ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon
raqamini, hech
bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni
unutgandi. Buning
uchun qanchalar afsus
chekmasin, endi befoyda edi. Ösha
sohibjamol qizning gözal chehrasi har
daqiqada köz öngida paydo bölaverardi.
Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qöyib
uxlab qolganidagi
hayajonli holatini öylab qolardi.
Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq,
ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni topish
kerak. Sevib qolganini
aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-
yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner
ekanligi
ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni
sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir...
* * *
Oradan 5 oy ötdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar orasida
telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit
telefon bölakla...ЕщёYigit shu kun bir kichik e'tiborsizlikka yöl
qöygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning
ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon
raqamini, hech
bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni
unutgandi. Buning
uchun qanchalar afsus
chekmasin, endi befoyda edi. Ösha
sohibjamol qizning gözal chehrasi har
daqiqada köz öngida paydo bölaverardi.
Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qöyib
uxlab qolganidagi
hayajonli holatini öylab qolardi.
Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq,
ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni topish
kerak. Sevib qolganini
aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-
yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner
ekanligi
ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni
sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir...
* * *
Oradan 5 oy ötdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar orasida
telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit
telefon bölaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi:
- Közizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib
topolmaydigan, ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-
qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir
hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida
biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz öqirdi, dizaynerlik esa
uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan sari yigit
taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana
yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini
böldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi?
- Yöq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining
hayolida paydo böldi.
- Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib
ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu
yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib
topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida
uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin,
ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan söradi.
- Yöq,- jilmaydi qiz.
- Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu
taxlit uchrashib qoldik?
- Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib
yubormaganligini sezdi. Har holda,
uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni
nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz
bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon
raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har holda u
qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib
qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi...
tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi.
Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni
juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy
bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun
torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib,
charchagan köyi örniga yotarkan qiz
bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga
oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor
edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu
öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni
öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi.
Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu
közlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas.
Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir
kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq,
men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin
qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har
tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib,
shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora
uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha
lahzalarda...ЕщёQiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan
tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi.
Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni
juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy
bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun
torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib,
charchagan köyi örniga yotarkan qiz
bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga
oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor
edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu
öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni
öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi.
Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu
közlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas.
Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir
kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq,
men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin
qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har
tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib,
shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora
uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha
lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini
sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi.
Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi...
5 oydan söng...
Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga
ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi.
Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni
shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish
haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz
borgan sari bu talablarga rad javobini
berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-
onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha
kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar
rozilik javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga
kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi.
Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi
kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar
bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit,
lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa
ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib
yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor
hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan
chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil.
Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni
kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga
belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi.
Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon
tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib
turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq,
bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va
sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda
tumorni mahkam siqib shoshib ketardi.
Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan
tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz
qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
* * *
Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini
taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning
sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan
shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har
uchrashganlarida yana va yana qattiqroq
bog'lanib borardi. Faqat yigit har
uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli
kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa
yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his
qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga
bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor
qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi.
Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi.
Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak
edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb
shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan
yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi
esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini
bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan
qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Töy böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasig...ЕщёTelefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar...
Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini
taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning
sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan
shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har
uchrashganlarida yana va yana qattiqroq
bog'lanib borardi. Faqat yigit har
uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli
kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa
yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his
qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga
bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor
qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi.
Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi.
Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak
edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb
shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan
yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi
esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini
bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan
qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Töy böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz
hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana
ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun
kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib
turdi:
- Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi...
"Nega yig'layapsan" deb söramadi ham...
Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib
turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga
hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga
keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan.
Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan
sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan
yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening
kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham
bor eding, ammo endi hammasi birdaniga
özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..."
Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta
öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u.
Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan
ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-
bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab
ketdi. Alam bilan unga javob yozdi:
- Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni
turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni
öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering...
Umuman qaytib kelmang... Sizi körishni
istamayman.
Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a
qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta
yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib
ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga
nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga
ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro
ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman:
Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz...
Nafratlanaman ham...
Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi.
Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi. Hammasi
tugadi...
Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida
közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa
yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-bir
jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik
dedi?"
"Kul azizam, kulish senga yarashadi..."
"Buni taqdir deydilar..."
uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus
turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib
qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha
bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi
odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida
qizining bu taxlit özgarib qolganini
tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas
deb qabul qildi va qizini bir necha kun
yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi
issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan
ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi
böladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan
sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan
edi.
- Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman
sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni
tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham
töyni töxtatmayman. Qizimni h...ЕщёUning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada
uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus
turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib
qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha
bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi
odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida
qizining bu taxlit özgarib qolganini
tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas
deb qabul qildi va qizini bir necha kun
yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi
issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan
ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi
böladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan
sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan
edi.
- Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman
sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni
tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham
töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla,
el-yurt oldida isnodga qöyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi
uzoq gapirib sözini yakunladi:
- Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni
kechir... Shunday qilsang, hammamizga
yaxshi böladi...
Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa joyida turib
qoldi...
Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini
söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi.
Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda
bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu
kun juda og'ir böldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana
yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb
söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan
otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga
shivirladi: "Kul azizam, hech qachon
yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul
qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan
boshqa körishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq,
körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini
kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi
kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga
xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga
qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi
kun u qizga sms yubordi. Uning öqib
yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi
ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim,
mendan nafratlanishing kerak..."
Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti
uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor
körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi
ham. G'amgin gözal qiz...
Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi
kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,-
yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana
bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning
iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb
öylayman... Xayr!
meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan
sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi
uchun közoynak taqib oldi.
Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini
shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki
ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin,
kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi.
Tongda maktubni olib qizining xonasiga
kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning
közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh
qilolmadi. Qizini bag'riga bosib,
peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
Ota qiziga xatni berib, yigit haqida
hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib
öqishga tushdi:
"" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang
kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati
yöq menga. Chunki bugun men seni yana
hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday
omadim bora? Sen jinnisan, negaligini
bilasanmi? Töying haqida aytmading menga.
Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men
quvnoq "fo...ЕщёYigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir
meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan
sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi
uchun közoynak taqib oldi.
Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini
shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki
ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin,
kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi.
Tongda maktubni olib qizining xonasiga
kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning
közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh
qilolmadi. Qizini bag'riga bosib,
peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
Ota qiziga xatni berib, yigit haqida
hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib
öqishga tushdi:
"" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang
kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati
yöq menga. Chunki bugun men seni yana
hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday
omadim bora? Sen jinnisan, negaligini
bilasanmi? Töying haqida aytmading menga.
Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men
quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim.
Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami,
taqdirga ishonmayman derding. Men esa
qölimni avval yuragim ustiga, keyin
peshonamga qöyib buni taqdir deydilar
derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu
yurakdagi sevgi uchun taqdirga
minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan
minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani
uchun... Seni menga uchratgani uchun...
Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni
qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan
ekan...
Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak.
Menga öxshagan surbet bilan taqdiring
qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz
beraman. Meni endi hech qachon körmaysan,
men esa seni hech qachon unutmayman.
Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga
va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman
deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber.
Chunki men unutilishga loyiqman. Seni
tashlab ketayotganim uchun ham...
Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim.
Bugun sönggi bor aytaman: Men seni
sevaman!
Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak
bölsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi.
- U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim
uni töxtat...
Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi.
- Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing
kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi
qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga
olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon...
Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak.
Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni
mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport
tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini
töxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir martagina
mening ham iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib
ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga
borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa
operatorlarning yölovchilarga turli
murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib
nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-
haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan
shoshib söradi:
- Opajon, Parijga samalyot uchma...ЕщёOtasi qizini yupatdi:
- U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim
uni töxtat...
Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi.
- Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing
kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi
qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga
olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon...
Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak.
Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni
mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport
tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini
töxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir martagina
mening ham iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib
ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga
borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa
operatorlarning yölovchilarga turli
murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib
nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-
haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan
shoshib söradi:
- Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali?
- 347-reys bilan Toshkent-Parij yönalishida
samalyot yarim soat oldin uchib ketdi.
- ...,- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi?
U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga
keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi.
Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz
odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi
örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib
qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..."
- Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning
ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham
kech qoldim.
Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon...
Unga kulib qarab turardi. Qiz uning
quchog'iga otildi.
- Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u.
- Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni
tashlab qayerga ham ketardim,- uning
sochlarini siladi yigit.
- Siz yomonsiz...
- Hm.
- Surbetsiz...
- Hm.
- Yana "hm"mi?
- Hm.
Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma
ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI
TAQDIR DEYDILAR....
_______________________