Ko'zim tushdi qo'shni qizga
O'tirardi tasbeh ushlab
Jaynamozning ustida
Kalta-kulta kiyinmagan
Yoki sochin kesmagan
Hijob ila to'sgan yuzin
Ohiratin o'ylagan
Ko'chalarda yurmas hech
Chiroyin ko'z-ko'z qilib
O'tiradur ayvonida
Yaratganga shukr qilib
Yasan-tusanni qilmas
O'yin-kulgini bilmas
Noshukurlik begonadur
Alloh esa yagonadur
Havas qilgay hamma unga Yo Alloh
Og'zidan sira tushmas Bismilloh
Aytadur "Lo iloha illaloh"
So'ng der "Muhammadur Rasululloh"
Yo'qotmagan sira ham iymonini
Tilovatla ulg'aytirur zabonini
Ibodatda sajda qilur har tunlari
Sabr bilan obdom etar ramazonni
Qirq kokili o'par go'yo tovonini
Nurday libos yopib turar avratini
Farishtalar mashg'ul yozar savobini
Dayus qilmas, shunday mag'rur o'g'lonini
Noni namoz bo'lsa, Quroni suvdur
Bularni ado qilsa ko'ngli ham to'qdur
U uchun bundanda afzali yo'qdur
Masturam siz kabi iymoni but yo'qdur


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев