Dardlaring, g’amlaring ololsam qani,
Zuhro ham Tohirni quchgani kabi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Nega yo’llarimiz bizlarning ayro,
Nega qalb tushunmas sendan men judo
Farishta duosiga tutilgan sado
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Telbadek kunlarim tunlarga ulab,
Shivirlar ostida erkamni kuylab,
Orzuning, umidning boshidan silab…
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Achchiq bo’lar ekan sog’inch so’rog’i
Tark etmas dilimni taqdir tuzog’i…
Subhidam yangrasa oshiqlar ohi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Manzilim yo’qotgan bir sayyoh kabi
Jonim deyolmasman sendan o’zgani
Doim so’roqlagan hislarim haqqi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев