
Kun botib tong otmoqda nimanidir talashib
Yurak tölib bormoqda armonlarga qalashib
Kelar goho omadim
Ammo baxtdan darak yöq
Unitaman borligim goho yorug' dunyoda bilmam kimga zorligim
Umr degan daryoda javob kutib yashayman
Gadoday bu hayotda menday jonu halak yöq
Közim töla achchiq yosh tökilgisi kelmaydi
Oh taqdirga qöyib bosh dil köngisi kelmaydi
Zor qalbimda yöq bardosh chekingisi kelmaydi
Ohlarimga osmon zor
faryodimga falak yöq
Tuyg'ularim tunda oyga aytgim kelar
Köp armon bölgan tushlarim soyga aytgim kelar
Yurak töla hasratim tinglaguvchi yurak yöq....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев