
Avtobusda odam unchalik ko'p emasdi. Bekatda 35 - yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band. Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarning birida 14 - 15 yosh atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5 - 6 odam chiqqach ayol battar asabiylasha boshladi. Nihoyat u qarshisida o'tirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yoshligimizda avtobusga o'zimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qo'li bilan ko'rsatdi), ota - onasi har kuni nimani o'rgatadi, bilmadim. O'tirishini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bo'lib qoldi. Keyingi bekatda avtobus to'xtagach 23 - 24 yoshlardagi bir yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. - Akajon,- qizcha ko'z yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni ko'tarib oldi. Ular ayolning yonidan o'tisharkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan ayolga dedi: "Qaniydi ota - onam bo'lsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tushib qizchani nogironlik aravachasiga o'tqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota - onasi 3 - oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha tirik qolgan", degan kimningdir ovozi eshitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha o'tirgan, bo'sh o'rindiqqa qarab qolgan ayolning ko'zlarida yosh tinmasdi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев