
Qiz öz xonasida u yoqdan bu
yoqqa tez-tez yurardi.
Asabiylashganligidan barmoqlarini
qisardi. Bugungi
kechaga borish uchun ruhsat
berishmagan ota-
onasidan jahli chiqardi. Tög'rida, voyaga
yetgan
bölsa, har kuni ham bölavermaydiku
bunaqa
kechalar. U yerda dugonalari, döstlari,
eng muhimi
esa u - sevgan yigiti böladi. Ota-onasi
esa qiz
bolaning yarim kechasi restorandagi
ziyofatga
borishi yaxshi emasligini aytishdi. Unga
nisbatan
adolatsizlik qilishdi. Ayniqsa onasining
qizini
xonasiga kelib aytgan gapi qizni
asabiylashtirardi.
Hammasi yaxshilikka emish. Qanaqasiga
yaxshi
bölsin, hamma yaqinlariga qöshilib
oyda-yilda bir
yayrab dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota-
onasiga
aytmasdan derazadan chiqib ketishga
qaror qildi.
Ota-onasi sezishmasa bas. Kiyinib, uyda
ota-onasi
uxlaydigan vaqtda derazadan sekingina
chiqib ketdi.
Restoranga kelib, bazm xursandchiligiga
qöshildi.
Sevgan yigiti bilan uzoq suhbatlashdi.
Soat yangi kun
boshlanganini körsatgan vaqtda qiz
ketishga
chog'landi. Yigit uni kuzatib qöyishini
aytdi. Qiz taksi
chaqirishini, yigit köp ichib
yuborganligini va mashina
hayday olmasligini aytsada, anchagina
mast bölishga
ulgurgan yigit uni eshitishni istamadi.
Nailoj, qiz
mashinaga ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar
ekan, qiz yigitdan sekinroq haydashini
söradi. Ammo
yigit uni eshitadigan ahvolda emasdi.
Shu asnoda
qarama-qarshi tomondan avtomobil
farasi yorug'i
yigitning közini qamashtirib yubordi.
Mashina
polasadan chiqib ketdi va qarshisidan
kelayotgan
boshqa avtomobilga urilibdi... Qiz
közlarini ochganida
tepasida xamshira turardi. Qizning
hamma joyi og'rir,
qöl-oyoqlarini qimirlatolmas, boshi bint
bilan
bog'langandi. U zörg'a xamshiradan
ruldagi yigitga
nima bölganligini söradi. Xamshira yigit
voqea joyida
vafot etganligini aytdi. Qiz ular urilgan
mashinadagi
odamlar haqida söradi. Unda ham ikki
kishi
bölganligini va ular ham halok
bölganligini bilgach,
afsuslandi. Özining ham ahvoli og'irligini
sezib, tirik
qolmasligini tushundi. Xamshiraga
pichirlab gapirardi:
"Opajon, iltimos, ota-onamga meni
kechirim
söraganligimni aytib qöying... Men
ularni gaplariga
quloq solishim kerak edi. (Qiz
gapirishga tobora
qiynalardi) Bilasizmi... men... men
ista...istamagandim. Ularni yaxshi
körishimni ham
ayting. Aytasiz... Aytasiza?" Xamshira
namlangan
közlari bilan unga jim termulib qoldi.
Qizga javob
bermadi. Uning qölini mahkam qisib
oldi. Ikki
daqiqadan keyin qizning joni uzildi.
Shunda boshqa
bir xamshira undan nimaga
gapirmaganligini söradi.
U esa qizning jonsiz yuziga termulgan
köyi shivirladi:
"Qizga ular urilib ketgan avtomobilda
halok bölganlar
uning ota-onasi ekanligini aytgim
kelmadi...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев