
Qo'shilgan 02.06.2018 - 18:46 O'qildi 26
Xohlasa – futbol tarixidagi eng qimmat
darvozabonga aylanadi, rad etsa – MYUda
"avtobus" haydovchisi bo'lib qolaveradi.
De Xeaning dietasi
Davidga yirik, muhim turnirlar sovrinlari
etishmayapti. CHunki terma jamoa bilan ham
unchalik omadi chopmayapti, buyuk davrga
biroz kech qoldi. Ona yurti bo'lmish, Ispaniya
chempioni bo'lmagan.
APL da hozircha yagona g'alaba birinchi
mavsumda qo'lga kiritilgan, o'shanda De Xea
hozirgidek top darvozabon sifatida qabul
qilinmasdi. Fergyusonga tez-tez uning xatolari
haqida eslatib turishardi. Ha, uni kuchli, iqtidorli
darvozabonligini tan olishgan, lekin hech kim uni
ikkinchi van der Sar demagandi. Hattoki, sovrin
qo'lga kiritilgandan keyingi mavsumda ham De
Xeaning asosiy tarkib uchun raqobatchisi bor edi
– daniyalik Lindegor.
Keyinchalik ispaniyalik o'z o'yini bilan MYUda
birinchi raqamga loyiqligini isbotlay oldi, olti
mavsum o'tti, o'tgan vaqtda De Xea maqtana
oladigan yagona sovrin Evropa Ligasi bosh
sovrini bo'ldi. U erda ham jamoa finalda hali
juda yosh "Ayaks"ni mag'lub etdi. Ammo bu
ham o'rtamiyona sovrin, sababi jonajon
"Atletiko"da ham posbon bu musobaqada zafar
quchib bo'lgandi. Etti mavsum juda tez o'tib
ketdi. David yuzlab vaziyatlarda MYU ni qutqarib
qoldi va faqatgina birgina mavsumda o'rtacha
har bir o'yinda bittadan ko'proq gol qo'yib
yubordi xolos.Bu mavsumda ECHLda jamoa
"Sevilya"dan o'ta olmadi, ichki chempionatda
esa "Siti"ga imkoniyat finishga hali ancha
borligidayoq boy berib bo'lingandi. Avvalgi
mavsumlarda ham MYU chempionlik uchun
chinakamiga kurasha olmadi. Bu istaysizmi,
yo'qmi, De Xeaning chempionlik ruhiyatiga qattiq
tasir qiladi.
Qaxramon, ammo APLning birinchi jamoasining
emas
Oxirgi besh yilda De Xea to'rt marta ser Mett
Basbi nomidagi sovringa ega chiqdi – MYUning
mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi. SHunga
qaramay, bor yo'g'i shu mavsumdagina
posbonga "APL oltin qo'lqopi" nasib qildi - bu
sovrin chempionatda eng ko'p quruq o'yin
o'tkazgan darvozabonga topshiriladi.Ha , sovrin
egasini g'alatiroq usulda aniqlab olinishi bor
gap. Sababi, "quruq" o'yinlar soni doim ham
darvozabon kuchliligini bildirmaydi.O'tgan
mavsum u Kurtuaga topshirilgan, Jo Xart esa
to'rt bor unga ega chiqqan. Ammo hozir Xart
qaerda? CHindan u buyuk darvozabonmikin?
Lekin bu safar sovrin manzilda adashmadi.
Qizig'i, aynan bu vaziyatda biz posbon (David
De Xeaga) kuchli himoyachilar ham katta
yordam berdida, deya olmaymiz. Ammo shunda
ham De Xea katta masshtabda etirofga loyiq
ko'rilmayapti. Oddiy misol, Manu Noyer ko'proq
tilga olinadimi, obro'liroqmi yoki ispaniyalik
darvozabon? Axir De Xea ham o'yin borasida
nemis hamkasbidan unchalik qolishmaydi.
De Xea biror marta ham katta shaxsiy sovrin
yutmagan, sababi u faqat bir klub qaxramoni.
Na jamoaviy yirik yutuqlar, na shaxsiy etirof...
De Xeani etirof etishadi, ammo umumiyroq
ko'rinishda. "Oltin qo'lqop"ni jamoaviy sovrin
deyishdi, ammo CHexni ham "Arsenal"ning stabil
o'yin ko'rsata olmaydigan himoyasi ham kamroq
qiyin axvolda qoldirgan (26%ga), David esa MYU
darvozasida superqaxramonlar kabi "uchish"ga
majbur bo'lmoqda.
"Real"dan bir qadam masofada
Mourino jamoasi darajasi hozircha De Xea o'yini
darajasidan past. "Manchester Yunayted" nima
bo'lsa ham, yangi mavsumda "Manchester Siti"
yoki "Liverpul"ga sovrin uchun kurashda
imkoniyatni boy berishga haqqi yo'q. Va agarda
David jamoa bilan shartnomasini uzaytirsa –
Manchesterda bayram qilishlari kerak."Real"da
Keylor Navasni tish tirnog'i bilan himoya
qilayotgan va xatolariga qaramay, darvozabon
muhim o'yinlarda katta foyda berayotganiga
Peresni ishontirib kelgan Zidan ketdi. Endi
vaziyat qanday tus oladi, hozircha hech kim
bilmaydi.
De Xea MYUda qolishining yana bir varianti
shuki, "Real" hujumga yaqinroqqa (Saloh, Keyn,
Neymar yana kimdirlarni) xarid qilib, yana yuz
millionlik darvozabonga puli etmasligi mumkin.
Peres-ku De Xea uchun pul topib bera olar,
ammo moliyaviy feyr-pley bunga yo'l
qo'ymaydi.Mavsumlar oralig'ida esa
"Manchester Yunayted"ning asosiy vazifasi
David De Xeani yo'qotmaslik bo'lishi zarur.
Ispaniyalik darvozabon ajoyib mavsum o'tkazdi
va MYU to'rtinchi yoki beshinchi o'ringa tushib
ketmasligi uchun qo'lidan, bazan oyog'idan,
kelgan barchasini qildi.
Jahonning eng kuchli posboni?
De Xea ser Aleksdan keyingi murabbiylar
topilmasi emas – Fergyusonning "xayrlashuv
sovg'asi"ligini esdan chiqarmaslik lozim.
Bugungi kunda jamoa o'z posboni darajasidan
past o'yin ko'rsatmoqda va bu nafaqat "Sevilya",
VBA yoki "Brayton"ga yutqazgan kunlaridagina
ko'rinmayapti. O'zingizni De Xeani o'rniga qo'yib
ko'ring, astoydil mehnat qilishingizga qaramay,
jamoangiz "Sevilya"ga, "Barselona" 5:0,
"Spartak" esa 5:1 hisobida enggan "Sevilya"ga
yutqazib o'tiribdi...Albatta, David vafodor do'st
kabi yangi shartnoma imzolab jamoada qolishi
mumkin va yana jamoani qutqarishda davom
etadi, lekin bu bilan MYU o'yini sifati borasidagi
savollarga javob topsa bo'ladimi? "Vest Xem"
"qizil iblislar"dan gol o'tkazmadi – APLning yo'q
joydan gol o'tkazavergan eng kuchsiz himoyasi.
Agar Ispaniya Rossiyadagi JCHda ijobiy natija
qayd eta olmasa, Mourino esa "avtobus"dan voz
kechmasa, davrozabon sekin-asta yo'q bo'lib
ketishi mumkin. Axir u bugungi obro'siga
faqatgina mehnati evaziga erishdi, jamoasi
yutuqlari sababli emas.Oblak – ajoyib
golkiperligini bilamiz, Ederson va Alisson ham –
top darajada o'yin ko'rsatyapti, Noyer – tirik
afsona. Ammo bugungi kunda sayyoramizning
eng yaxshi darvozaboni MYU darvozasida u
burchakdan, bu burchakka "otilib" yuribdi. Kan,
Buffon, Kasilyas va boshqa buyuk darvozabonlar
turli frontlarda katta sovrinlarga ega chiqqan
bo'lsada, David 27 yoshga to'ldi, ammo hamon
Evro yoki JCH finalida o'ynamagan, ECHL hal
qiluvchi bahsida maydonga tushish nasib
etmagan.
Ispan ayniqsa bu mavsum APLda va jahonda
qolganlar ichida ajralib turibdi. Endi Mour
jamoasi David darajasiga etib olishi zarur, aks
holda De Xea jamoani botqoqdan olib
chiqaverishdan charchashi hech gap emas. De
Xea sovrinlar, ECHLdagi omadli ishtiroklarni
sog'inib, ketib qolishi hech gap emas va
ushanda na yangi shartnoma yoki Joze berib
qo'ygan sardorlik bog'ichi ham vaziyatni
o'zgartira olmaydi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев