
sport emas, biznes bilan shug'ullanishmoqda.
Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted"
mudofaasini Valensiya, Jons, Smolling va Yang
kabi futbolchilar tashkil etishdi. Ular Fergyuson
davrida yig'ilishgandi, Moyes ham tarqatib
yubormadi, Van Gal paytida ham ularning orasi
buzilmadi. Nihoyat Mourino ham muhim
uchrashuvlarda aynan ushbu to'rtlikni maydonga
tashlamoqda. Ular jamoaning o'zagi bo'lishdi va
o'tish davrida ham jamoada qolgani nimadan
dalolat?
5 yil davomida "Yunayted"da katta o'zgarishlar
bo'ldi. O'sha vaqtda Deyli Blind, Markos Roxo,
Erik Bayi va Viktor Lindelof kabi futbolchilar
jamoa tarkibiga kelib qo'shilishdi. Ushbu
futbolchilar markaziy himoyada ham o'ynay
olishadi va har xil sifatlarga ega. Jamoa
muxlislari ularni klubning kelajagi deb
qarashmoqda: nazariy jihatdan olib qaraganda
ular yangilanayotgan MYUni kuchaytira olishadi.
Blind va Lindelof uzoq masofalarga alo darajada
to'pni etkazib bera olishadi. Roxo va Bayi esa
havodagi kurashda barchadan ustunlik qilishni
uddalashadi.
Ular hozirda MYU futbolchilari bo'lishsa-da, klub
faxriylari bilan bo'layotgan raqobatda mag'lub
bo'lishmoqda. Van Gal qanot himoyasida katta
xatoliklarga yo'l qo'ydi. U Evra va Rafaelni sotib
yuborib, SHou va Darmianni xarid qildi. Oradan
bir necha yillar o'tib, mankunianliklar muxlislari
"Yunayted"ning sobiq himoyachilarini
unutishmadi, yangilar esa eskilarning o'rnini
bosa olishmadi.
Bunday kamchiliklar Mourinoda ham bor. Garchi
uning jamoasi Frankenshteyn nazariyasiga ko'ra,
mukammal o'yin namoyish qilmayotgan bo'lsa-
da, kam gol o'tkazib yubormoqda.
"Yunayted"dagilarga "Siti" haqida gapirishsa,
"shaharliklar"ning himoya chizig'i uchun katta
mablag' sarflashganini ro'kach qilishmoqda.
Aslida "Yunayted" ham himoya uchun katta
mablag' ishlatib bo'lgan, shunchaki jamoaning
ichida muammolar katta.
APLning kuchli oltiligida "Arsenal"dan ko'ra,
MYUni ko'proq tanqid qilishmoqda. "Iblislar"
o'tgan mavsumda uch sovrinning egasiga
aylangan bo'lsa-da, kerakli pallalarda yaxshi
o'yin ko'rsata olishmagandi. Bu mavsumda esa
jamoa chempionatning ikkinchi pog'onasini
qo'lga kiritdi. Ammo noroziliklar davom
etmoqda: "Yunayted" hech kimning tarafida
bo'lmaydi, jamoa faqatgina natija uchun
o'ynaydi va gollar urib, muxlislarini xursand
qilishga intiladi. Lekin "Yunayted" o'zining
yutgan o'yinlarida ham chiroyli o'yin qilmadi va
shunchaki qanday jamoa ekanligini ko'rsatdi.
Garchi "Liverpul" va "Tottenxem" kamroq ochko
to'plashgan bo'lishsa-da, ularning maydonda
ko'rsatgan o'yini mankunianliklardan ancha
chiroyliroq va mazmunliroq bo'lganini barcha
biladi. Klopp va Pochettino Mourga qaraganda
hujumkorroqlikni xush ko'rishmoqda va o'z
futbolchilarining darajasini ko'tarishga
intilmoqda.
"Manchester Siti" esa Pep falsafasi ostida yaxlit
bir mexanizmga aylanib bo'ldi. U "Siti"dagi
mavsumida jamoasining kuchli va ojiz
nuqtalarini ko'rdi, chamaladi va navbatdagi
mavsum uchun barcha rejalarni tuzib oldi.
Yakunda uning jamoasi APLning rekordchisiga
aylandi va "Yunayted" esa 19 ochkoga ortda
qoldirdi. Xo'sh, bunday natijalar kimda qanday
kamchilik borligini ko'rsata oladimi?
5 yildirki "Yunayted"da biror bir o'yin
koncepciyasi va tizimning borligi ko'rmadik.
Jamoa vaqti-vaqti bilan oldinga siljib turdi.
SHunday vaqtlarda "Yunayted" yo'lidan chiqqan
jamoaga ko'plab gollar urib tashladi. Ammo
baribir jamoani hech kim barqaror darajaga olib
chiqa olmadi. Van Gal davrida MYU rejasiz o'yin
ko'rsatardi va asosan yaratilgan kam sonli
vaziyatlardan unumli foydalanardi. Befoyda
tarzda to'pni o'zida ushlab turaverardi. Bunda
biror mantiq ko'zga tashlanmasdi.
Fergyuson esa jamoasi rivojlanishi uchun
faqatgina bir tizimni qo'llardi: u bir uslubga
bog'lanib qolmasdi, tezkorlik bilan vaziyatning
o'zgarishiga qarab, taktikani ham boshqa joyga
burib yuborardi. Ammo o'yin sifati buzilmasdi,
jangavorlik yo'qolmasdi. Hozirgi "Yunayted"da
esa kreativlik va xilma xillik etishmayapti.
"Xaddersfild" va "Brayton" kabi kichik raqiblarga
qarshi uchrashuvlarda "Yunayted" yarim kuch
bilan o'ynadi va o'rtamiyona jamoa ekanligini
ko'rsatgandek bo'ldi. "Yunayted"ning
milliarderlari esa jamoadagilarga kuch
etishmayotganligini tushuntirishdi. Katta
jamoalarga qarshi uchrashuvlarda MYU o'zini
ko'rsatmoqda va epizodik xarakter evaziga
omadi kelmoqda: Pogbaning harakatlari evaziga
97 soniyada ikkita gol urildi, Kubok doirasida
"Tottenxem"ga qarshi bahsda esa Aleksis
o'zining MYUdagi yagona eng yaxshi
uchrashuvini ko'rsatdi. Muammolar ko'p, biroq
jamoaga qandaydir masofalar etishmayapti.
Muammolarni transferlar bartaraf eta oladimi?
Agarda so'nggi 5 yillikni hisoblaydigan bo'lsak,
"Yunayted"ga million-millionlar evaziga ko'plab
futbolchilar olib kelindi. Ammo hali ham jamoa
muammolar girdobida. "Yunayted"
Manchesterning ikkinchi klubiga aylanib bo'ldi.
Van Gal ham, Mourino ham ko'proq neadekvat
transferlar uchun mablag'larni ishlatib
yuborishdi.
Gollandiyalik murabbiy to'purarlar CHicharito va
Van Persini jamoadan ketkazib yubordi, o'rniga
Falkao va Depay kabi futbolchilarni jamoaga olib
keldi. Ularning mahorati, mentaliteti esa katta
klubga mos kelmadi. Mourinoda ham shunday
bo'ldi: bir yil oldin u Lindelof bilan shartnoma
imzoladi. O'shanda "Yunayted" muxlislari sevimli
jamoasining markazida Lindelof-Bayi juftligini
ko'rishni istashgandi. Ammo janob Lindelof
qanday o'yin ko'rsatganini siz yaxshi bilasiz, ikki
futbolchi ham zaxiraga mixlanib qoldi.
Maydonda esa Jons-Smolling tandemi o'ynadi.
Yanvarda esa Joze jamoasini kuchaytirish uchun
Aleksisni olib bordi va u orqali hujumdagi
balansni yaxshilashni o'yladi. Ammo barchasi
teskarisiga xizmat qildi: Reshford o'yin
yakunlarida maydonga tushmoqda, Marsyalga
esa deyarli imkoniyat berilmayapti, chililik asosiy
tarkibda maydonga tushayotgan bo'lsa-da,
oldingidek emas. Balans buzilib ketdi.
SHuningdek, ikki mavsumdirki, portugaliyalik
murabbiy qimmatbaho Pol Pogbaning qobiliyatini
to'liqligicha ochib bergani yo'q. Franciyalik
futbolchi "Yunayted"ga piar uchun emas, katta
maqsadlar uchun sotib olinganini ham o'ylash
kerak.
Aslida barcha muammo har haftada soch
turmagini o'zgartiradigan Pogbada emas, yaxlit
bir "Manchester Yunayted"da. Ed Vudvord
moliyaviy xabarlarni malum qilgan matbuot
anjumanida shunday iborani o'rtaga tashlagandi:
"Natijalar bizning siyosiy holatimizga tasir
qilmaydi“. "Yunayted" - katta brendga aylanib
bo'lganiga ancha vaqt bo'lgan. Demak jamoa
yomon o'yin ko'rsatsa ham muxlislar orasida
tezda o'z o'rnini yo'qotmaydi. 2013 yilga qadar
"Yunayted"da transferlar uchun kam mablag'
sarflangani ham moliyaviy tomondan
muammolar kamligining asosiy sababi bo'lsa
kerak.
Vudvord jamoaga kelganidan keyin "Yunayted"
reklama loyihasiga aylanib qoldi. Endi jamoaning
40dan oshiq hamkorlari bor va har doim ulardan
katta foyda kelib turadi.
SHu sababli ayta olaman, "Yunayted"ni
faqatgina transferlar qutqara olmaydi. So'nggi
yillarda MYU sharafini Di Mariya, Mxitaryan kabi
top-futbolchilar ham himoya qilishdi va ular bu
klubda o'z darajasini namoyish qila olishmadi,
o'sishmadi, rivojlanishmadi. Bunga esa klubdagi
tizim sabab bo'ldi. Ular yangi jamoasida asosiy
tarkib futbolchilariga aylanishgan.
Albatta, Alderveyrld va Fredning transferlari
omadli yurish bo'lishi mumkin. Biroq ular
jamoadagi ilk o'yinlaridayoq chiroyli o'yin
ko'rsatishmasa, zaxiraga o'tirishlari mumkin.
SHunda ham ular klubning umumiy tizimiga mos
tushishlari kerak. "Yunayted"ning tizimi
shunday.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев