
«Manchester Yunayted» yozgi transfetlar bozorida tarkibni kuchaytirishda davom etadi.
“The Times” nashrining xabar berishicha, klub bosh murabbiyi Joze Mourinoning tarkibdan ko'ngli to'lmayabdi va yozda klubga markaziy himoyachi, o'ng va chap qanot himoyachilari, ikkita yarim himoyachi va hujumchi olib kelishni maqsad qilgan.
Hozirda «Manchester Yunayted» Sergey Milinkovich-Savich (Latsio), Aleks Sandro (Yuventus), Fabino (Monako) va Fred (Shaktyor) kabi futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishgan. Bu futbolchilar yaqin kunlar ichida «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaydi.
Shuningdek «Manchester Yunayted» yana ikkita markaziy himoyachi Rafael Varan (Real Madrid) va Samuel Umtiti (Barselona) bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu ikki futbolchining birini klubga olib kelish maqsad qilingan. Agar ushbu ikki himoyachining ham transferi uxshamasa, klub «Tottenhem» himoyachisi Tobi Alderveyreld bilan muzokaralar boshlaydi.
«Manchester Yunayted» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun TOP hujumchi olib kelishni reja qilgan. Hozirda Joze Mourinoning short-listida Paulo Dibala (Yuventus), Antuan Grizmann (Atletiko), Neymar (PSJ), Andrea Belotti (Torino), Mauro Ikardi (Inter), Harri Keyn (Tottenhem) kabi hujumchilar joy olishgan. Klub hozirda bu futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Yozda «Manchester Yunayted»ni Maruan Fellayni, Matteo Darmian, Deyli Blind kabi futbolchilar tark etadi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3