
Ismi Sharifi: Mardonov Timur.
Tug’ilgan sana: 17/10/1992 yil.
Ma'lumoti : O'rta.
Mutaxasisligi: Dasturchi
Yashash joyi : Yunusobod, 19 Kv
Rap yo’nalishi: Rap, RnB, Hip - Hop.
Timur Mardonov 1992-yil 17-oktyabrda
Yunusobod tumanida tug'ilgan.
4-kvartaldagi "paxtaoy" bolalar bog'achasida tarbiyalangan
"bolakay" 1998-yil oilaviy muammolar sabab
Qozog'istonga tog'alari oldiga yo'l oladi va
boshlang'ich 2ta(1va2) sinfni Chimkentdagi
Sayram tumanining "Krasniy oktyabr"
maktabida amallab, xammasi iz-iziga tushgach
yana Toshkentga qaytib keladi. undan so'ng esa
o'sha qadrdon maxalladagi 302-maktabni 9-sinfgacha
a'lo baxolarga o'qib tugatadi. 5-sinfdan 9-sinfgacha
maktab bo'yicha, rayon, shaxar va oxiri Respublika
bo'yicha she'r yozish qobilyati orqali faqat va faqat
1-o'rinlarni egallaydi. undan tashqari nazariyadan
nol, lekin amaliydan "5" bo'lgan Timur KVN, konkurs,
konsert va shu kabi tadbirlarda faol ishtirok etadi,
to'g'rirog'i usiz o'tmaydigan darajada aktiv bo'ladi.
2008-yil Yunusobod tuman Kalanov kompyuter texnalogiyalari
kasb-hunar kollejiga hujjatlarini topshiradi va o'qishka
kiradi. kollejda Kamolot sardori bo'lib, xar bitta konsert
va tadbirda sardorlik qiladi. aktyor, shoir, boshlovchilik
yo'lida Timur darslarga ham kirmay qo'yadi lekin kollej
zam direktori va o'qituvchilar bunga ijobiy qaray boshlashadi.
chunki bu harakatlar kollej nomini yuksakka ko'tarayotkanini
sezgan ustozlar to'g'ri tushunishka xarakat qiladi.
she'r yozishga usta LiL rap yo'nalishiga qiziqishi kuchayadi
va birinchi rapini "Sher" nicki ostida bo'rt deb nomlangan
track orqali boshlaydi. oradan azgina vaqt o'tib "BluFF Mc's"
guruhini tuzadi, guruhda - ReyzoR R2, Mc Caspa, Mc ChidOri
va Dam1eN nicki ostidagi rapperlar mavjud edi. Undan so'ng
qaysidir ma'noda LiL huruhdoshlaridan ko'ra ko'proq va qiziqroq
mavzularda rap etkani uchunmi yoki "solo" ko'p etkani uchunmi
xullas "yedinok" bo'lib qoladi. shu sabab 2010-yil yanvar oyida
ReyzoR R2 LiL GanGsTa ga diss yozadi. dissga sabab orqadan tarqalgan
xar xil gap so'zlar va ReyzoRga yetishmayotkan "piar"
sababchi bo'lgan edi. bu dissdan so'ng guruhdoshlari LiL bilan
ko'rishishadi va yana birga ishlashni taklif qilishadi,
LoOKa boshlab bergan guruh "UniTeD KinGs" yangicha ko'rinishda
ish boshlaydi. Guruhda 7ta rapper: Mc Caspa, ReyzoR R2, Mc ChidOri,
Dam1eN, Gim Off, Force va LiL GanGsTa. Bora bora guruhda 4ta odam qoladi,
guruhning 70% proyektlarini LiL tayyorlar edi, oxir oqibat
o'z bilganidan qolmagan LiL yana "egoist"ligini boshlaydi.
guruhda qolaolmasligini va Turkiyaga ketishini guruhdoshlariga
bildiradi va guruhdan o'z xoxishi bilan chiqib ketadi.
Turkiyaga ketish arafasida yana muammolar paydo bo'ladi va
Turkiyaga safar o'xshamaydi. Toshkenda qolgan LiL yangicha orzular
bilan o'zining shaxsiy karierasini boshlaydi. . .
2010-yil may oyida Diorga diss yozgan va yaqqol xalq e'tiboriga
tushkan mazkur rapper diss tarixida o'z o'rniga ega!
ko'pchilik diss qiroli yoki replani repi deb tilga oladigan
Diorga 5ta diss yozgan, diordan esa 4ta javob kelgan. darhaqiqat, Dior
eng ko'p diss yozgan rapper bu LiL GanGsTa, chunki Dior LiLdan boshqa
xech kimga bunaqa ko'p diss yozmagan, xattoki Zohidga 3ta diss yozgan
lekin 4ta emas.
LiL GanGsTa xozirgi kunda Taxtapul, YuXaS, original guruhlariga
hamda DiDa SD, Bloody Kinglarga prodyusserlik vazifasini o'tab kelmoqda.
hozirgacham 50dan ortiq tracklari mavjud. Max Studio, Gramm Tech, URC,
remix studio, Diyor Media hamda G-sTuDio studiyalarida
tracklarini chiqargan va hozirgacham mazkur studiyalarda
ishlab kelmoqda


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13