Hozirgi kunda o'zining minglab muhlislariga ega bo'lgan, ko'plab hit qo'shiqlar ijrochisi estradamizning yorqin yulduzi Ulug'bek Rahmatullaev oktyabr oyi o'rtalarida o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturi 16, 17 va 18 oktyabr kunlari Istiqlol san'at saroyida bo'lib o'tadi. Yangi konsert dasturi "Shirin Orzu" deb nomlanadi. Honanda yangi konsert dasturida o'zining eng hit qo'shiqlarini va yangi taronalarni kuylash uchun hozirdan tayyorgarlik ko'rmoqda.
Sirdaryodagi koncert dasturi Sana: 24-07-2014
Xabaringiz bor, hit qo'shiqlar yaratishda oldinda borayotgan estradamizning yorqin yulduzi Ulug'bek Rahmatullaev yaqinda Sirdaryolik muhlislari bilan jonli ijodiy kecha o'tkazib qaytdi. Guliston shahridagi markaziy o'yingohda bo'lib o'tgan koncert dasturiga 13 500 ta chipta sotilgan bo'lib, yana 5000 nafar muhlislar ushbu koncertga kirish uchun chipta harid qila olmadilar. Anshlag dasturda Rahmatullaev eng hit va yangi taronalarini kuyladi. Butun koncert mobaynida muhlislar unga jo'r bo'lib turishdi. Ayniqsa, Ulugbekning yangi "Kabutarlar" taronasi hali endigina dunyoga kelgan bo'lsa-da, barcha uni bir ovozda jo'r bo'lib kuylashdi. Havoning injiqligiga qaramasdan Ulugbek 18:00 da boshlangan koncert dasturini bir necha soatga uzaytirib o'z muhlislarini yanada hushnud qildi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев