Shou-biznes olamidagi yana bir quvonchli yangilikdan boxabar etar ekanmiz, bu yangilik betakror ijodkor, sevimli xonanda Manzuraning shaxsiy hayoti bilan bog’liq. Manzuraning instagram ijtimoiy tarmog’iga joylagan navbatdagi fotosurati izohlarga to’lib-toshib ketdi. Manzuraga qarata bir muxlis :»yaqin kunlarda to’yingiz bo’layotgan ekan shu gap rostmi?» Deb yozgan savoliga xonanda :»ha, non sindirildi, deya javob qaytardi. Bilishimizga qaraganda 2 oydan so’ng xonandaning to’yi ekan. Endilikda yo’llanayotgan tabriklarning barchasiga rahmat deya minnaddorchilik izxor qilmoqda. Xabar ishonchliroq bo’lishi uchun instagramdan olingan screenshotni ham taqdim etamiz. Hozirgi kunda oila, to’y munosabatlariga yengil qaralib, ko’plar to’yi haqida yolg’on ma’lumotlar tarqatib yoki avvaldan kelishib olib, piardan boshqa narsani bilmay qolgan bir paytda bu xabar ham shunday maqsad yo’lida e’lon qilinmayotganiga umid qilamiz. Agarda bularning bari rost bo’lsa, Manzuraga chin dildan baxt tilaymiz.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев