Asli bu go’zal tuyg’ularni
kim qadrlaydi? Kimning
yuragida u erkin
yashaydi? Kimga
xiyonat qilmaydi?
Kimning qalbida u
mangu? Shu haqida ko’p
o’yladim. Qalbimdagi bu
nafis tuyg’ularni faqat
va faqat sen asray
olashingni
sezmoqdaman. Senga
bag’ishlay olsam arziydi
asli bu ko’ngilni. Azizam,
mening umrimga
yo’ldosh mehribonim,
suyukligim. Qalbimda
jo’sh urayotgan bu
tuyg’ular xatto
muhabbatdan-da a’lo,
ishqdan-da olovli,
sevgidan-da kuchlidir.
Ammo otashi shunday
haroratliki seni va
ko’nglingni har qanday
izg’irindan, sovuqdan
asraydi. Qalbing
mendagi mehrdan
shunday jo’shadiki also
bu tuyg’uga muhtojlikni
sezmay o’tasan. Negaki
mening jufti halolim,
orzularimning yo’ldoshi,
farzandlarimning
mehriboni, sen shunday
yaxshi tuyg’ularga
loyiqsan. Men seni
sevaman azizam. Faqat
seni sevaman.
Seni faqat orzularim
uchun, ertangi porloq
kelajagim uchun
asrayman. Ahir orzular
taxti faqat sen bilan
yarashiqlidir. Bu
makonimda sening
borliging mening shox
orzuyimdir. Ahir sensan
meni suyab turgan
ulkan bardoshim,
ishongan tog’im.
Qalbimdagi sevgining
eng go’zal malikasi,
dilbar mahbubam sen ila
qalbim oshiyoni
shunchalar nurafshonki
naznimda bu yorqinlikni
shu kungacha hech kim
baxsh etmagandek.
Nigohlaring ila erkalab,
tabbasum bilan har
so’zimga itoat etishing
meni shunchalar
hushnud etadiki
borlig’ingga shukurlar
keltiraman. Bilaman,
goh-gohida ranjitib
qo’yaman. Ammo bilki,
bu senga bo’lgan
sevgimning so’nishi
degani emas. Aksincha,
shu paytda ham
ko’nglimni ko’tarishga
kirishishing meni senga
bo’lgan muhabbatimni
yanada oshiradi. Ahir
senga bo’lgan sevgim
har doim qalbimda
yashnayveradi.
Seni har bir so’zingni bir
mukofotdek
qarshilayman.
So’zlaringda ham huddi
o’zingdagi kabi joziba
bor. Go’yoki mayin
musiqaning jarangi
bordek tinglagan
ko’ngilni bir zumda
o’ziga chorlaydi va
sexrlaydi. Har bir
aytilgan so’zlaringni
shunchalar diqqat bilan
tinglaymanki nazarimda
qalbingni go’zal
dunyosida sayr
etayotganga
o’xshayman. Sendagi
matonat, muhabbat va
samimiyat ehtimol
boshqa insonlarda ham
uchrar. Lekin men bilgan
va taniganlarim orasida
bunday fazilatga ega
bo’lgan yagona inson
sensan. Shuning
uchundir, balkim
qalbimdagi muhabbatga
ham faqat o’zing
munosibsan. Bazan
o’ylab qolaman, qaysi
yaxshi ishim uchun
Ollohim seni menga
tuhfa etdi ekan? Huddi
arshdagi bir malakni
odam qiyofasida
yuborgan chog’i. Ayrim
hollarda hatto inson
ekanliginga shubha qilib
qolamam. Balki rostdan
ham tangrim menga
farishtani yuborgandir.
Malikam yaratganning
menga qilgan muruvvati
sening vasling. Seni
birinchi bor ko’rganimda
yuragim qinidan
chiqqudek darajada
urgandi. O’shanda sen
kelajakda albatta
mening rafiqam
bo’lishingni bilgandim.
Ammo baribir
yaratgandan tun-u kun
visolingni so’rardim.
Shukur-ki istaklarim
qabul bo’ldi. Sen meni
umrimga sadoqatli
yo’ldosh bo’lding.
Nafaqat umringning
balki qalbimning ham
yagona bekasi bo’lib
qolding. Surating kabi
go’zal siyratingga ming
tahsinlar aytaman. Ahir
go’zal siyrating emasmi
suratingga ham latofat
baxshida etgan. Sendagi
hayo va andisha,
o’zgacha odobing ila
farzandlarimiz ham
kamol topmoqdalar.
Ularning chehrasi sening
nurli yuzlaringdan
andoza olgan.
Quvnoqligi, mehribonligi
qalbingdan. Shuning
uchun ham ularni huddi
o’zing kabi suyaman.
Yaratganga shukur, sen
va sen kabi go’zal
farzandlarni tuhfa
etgani uchun.
Azizam,
muhabbatimning
yagona malikasi, so’zlari
marjon, yuzlari oftobim,
qalbi daryo, ko’ngli
musaffo yorim.
Yaratganim ikkimizga
qancha umr bergan
bo’lsa, ilohim
umrimizning hech bir
vaqtini bir-birimizdan
ayro etmasin. Sensiz bir
laxza ham yashay
olmayman. Ahir sening
borliging demak mening
borligimdir. Hayotda
parvardigorim bekam
qilib yaratgan bandalari
bo’lsa shularning biri
menman. Baxtimni ham,
taxtimni ham kam-
ko’stsiz beribdi. Bunga
shukur. Ammo shu
baxtimni umrini ham
uzun qilsin. Poyingga
boshim, o’zingga jonim
qurbon bo’lsin. Sen
faqat muhabbatga va
dunyodagi eng chiroyli
izhorlarga loyiqsan. Biz
erkaklarni hayotda
bilagimiz kuchli bo’lishi
mumkin, ammo
qalbimiz siz
ayollarnikidan ojizdir.
Shuning uchun har
qanday erkak borki
baribir siz ayollarsiz
yashay olmaymiz.
Boringizga shukur
ayollar. Boringga shukur
azizam...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев