Yuragim olov bo’lib
yonmoqda. Dil berib
suyganim meni sog’inch
azobida qiynashga
mahkum etdi. Necha
kundirki qalbimning
o’g’risi suyukli malikam
go’zal ruxsorini
ko’rmoqlik baxtidan
mosuvo etmoqda. Iltijo-
yu nolishlarimni rad
etmoqda. Beparvolik
bilan jamolini ko’rish
zavqini qizg’anmoqda.
Nahot qalbim olov kabi
yonayotganidan,
sog’inchlarga bardosh
berish mushkul
bo’layotganidan
baxabar bo’lsa? Hatto,
jonimga oro kiruvchi
qo’ng’iroqdek
ovozlarining jaranggidan
ham maxrum etmish.
Nega shunday? Nahotki,
u shu jazo bilan rohat
topsa? Huzurlansa? Asir
uchun yor jamolidan yor
jamolidan ko’ra
go’zalroq chexra, uning
ovozidan ko’ra
yoqimliroq ovoz bo’lmas
ekan. Nazarimda u
shunday qiynoqlari bilan
meni yanada rom
etayotganidan bexabar
chog’i. men uni jonimdan
ham ortiq ko’raman.
Uning vasliga yetmoq
uchun qanday sinovlar
bo’lmasin bariga dosh
berishga tayyorman.
Shundan xabar topgan
malikam hamon menga
azob berishda davom
etmoqda.
Oshiqlikning dardi
nimada? Shubxasiz
yorning vaslida!
Orzularimning quyoshi
sening visoling. Lekin
firoq istamasman. Har
tong yaratgandan
o’tinchim bitta, uzoqdan
bo’lsa seni bir ko’rmoq.
Ahir sening vaslingsiz
baxt qayda, orom
qayda, shodlik qayda?
Yo’llaringga ko’zlarim
har daqiqa tikiladi.
Yuragim bilan seni
kutaman. Behol,
bemajol ruhimga
madorlar bag’ishlab
qadam ranjida etsang
umrbod turmasmidim
shu yo’lakchada.
Oyoqlaring qayerga
bosilgan bo’lsa boshimni
qo’yardim o’sha
tuproqqa. Ammo sen
bilarmiding shu
tuyg’ularimni? Yo’q, sen
faqat sevilish uchun
yaratilgansan.
Sevilaverib sevgiga
to’lgansan. Ammo
sevishni bilmaysan.
Mayli, mening sevgim
bilan yashna. Lek
o’zganing ishqi qalbingni
makon etishini sira
istamayman. Ahir
bilaman, seni menday
hech kim seva olmas.
Seni birgina yurak bilan
emas butun vujudim,
bor-u umrim bilan
sevdim.
Seni uchratgan kunimga
shukurlar aytaman.
Menga shunday go’zal
va nafis mukofotni
nasib etgani uchun. Sen
yuragimdasan. Har tun
mendan sening
hayollaringni
qizg’onmasa, tong
sening visolingni tuhfa
etaversa bo’lgani. Shu
baxtimdan mosuvo
etmasalar bo’lgani. Men
bilaman, chin ishq rad
etilmaydi. Talpinga
yuragiga shunday yo’l
topadiki rad etishga
also hojat qolmaydi.
Mening sevgimni ham
sen rad eta olmaysan.
Uni o’z-o’zimcha senga
izhor aylamayman. Uni
sen pinhoniy sezasan-ki
yuraging huddi meniki
kabi hapkiradi. Faqat u
mening ishqimdan
shunday bo’ladi.
Yaratgandan
so’rayman, sening
visolingni, orzularimdagi
baxtimni sen albatta
menga nasib etasan.
Ahir yaratgan biladi
qalbimdagi pok ishqimni.
Seni sevaman.
Muhabbatning ilk
tuhfasi nima? So’zsiz
so’ginch deyish
mumkin! Negaki ko’ngil
qo’ygan kishingni har
laxza sog’inaverasan.
Bir ko’rish ilinji seni
qiynayveradi. Bu
sevgining o’zidanda
shirin, rohatbaxsh,
betakror tuyg’uni his
etar ekansan
ko’nglingda shunday
sarxush hislar
o’rmalaydiki, uni so’z
bilan izohlab bo’lmaydi.
Bu hislar yuragingda
yangi-yangi orzularni
uyg’otadi. Butun
jismingni tozalab avval
anglamagan tuyg’ular
olamiga yetaklaydi.
O’zimdagi bu
o’zgarishlarni anglab
borar ekanman
hayratdaman. Nahotki
muhabbat shunday
qudratga ega bo’lsa. U
insonni butunlay
o’zgartirib hayotga
qayta baxshida etadi.
Avval ham hayot
shunday go’zal edimi?
Yoki men muhabbatning
chinakam dunyosida
yashayapmanmi?
Qanday baxtliman.
Muhabbat dunyosida
sayr etish baxti nasib
etmoqda. Faqat hozir
yolg’izman. Yonimda
sen yo’qsan. Ozroq sabr
aylashga jur’atim
yetadi. Seni ham albatta
shu dunyoga olib
kelaman. So’zimga
ishon.
Oshiqlikning dardi ham
yoqimli va og’riqlidir.
Ammo bunga o’zing
istagandek davo
topolmaysan. Bu
holatda o’zing o’zingda
emas uning ihtiyorida
bo’lasan. Uning bir
jilmayishi yuragingni
oromi, bir og’iz so’zi
orzularingni ro’yobi
ekan. Kunimning bir
laxzasini ham uni
o’ylamay o’tkaza
olmayman. U haqidagi
biror xabar yoki kalomni
shunchalar intiqlik bilan
kutamanki ko’zimga
ko’ringan har narsadan
umid qilaveraman.
Ko’zlarimdagi
sog’inchlarning chexrasi
shunchalar mahzunki
go’yoki hech ham visol
neligin bilmagan,
ko’rmagandek. Nahotki
seni olam ichra yagona
bilguvchi va sevguchi
oshig’ing uchun buni
mukofot deb bilsang.
Meni ortiq qiynaman.
Ahir sening bir og’iz
so’zing va go’zal
chexrangdan dilim orom
oladi, yashnaydi.
O’zingdan butunlay
mahrum etib qo’yma.
Sensiz yashash, seni
ko’rmaslik men
oshig’ing uchun eng og’ir
azob. Bundan boshqa
jazolarga va sinovlarga
chidashim mumkin.
Ammo vaslingni
qizg’onishingga emas.
Seni sevaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев